Eng tez rivojlanayotgan smartfon brendi ma’lum bo‘ldi

Eng tez rivojlanayotgan smartfon brendi ma’lum bo‘ldi

Jahondagi nufuzli Counterpoint marketing tadqiqotlari kompaniyasining navbatdagi izlanish natijalariga ko‘ra, Xiaomi smartfon yetkazib berish bo‘yicha dunyoning beshinchi raqamli kompaniyasi. Shu bilan birga, smartfon yetkazib berish ko‘rsatkichlarining o‘sishi bo‘yicha bu brend yaqqol peshqadamlik qilmoqda.

Smartfon yetkazib berishda Samsung birinchi, Apple ikkinchi o‘rinni egallagan. Koreyalik smartfon brendi jahon miqyosida sotilayotgan 21 foiz gadjetni ishlab chiqarayotgan bo‘lsa, amerikalik raqibining hissasi 12 foizni tashkil qiladi. Qisqa farq bilan keyingi o‘rin Huawei kompaniyasiga nasib qilgan. To‘rtinchi o‘rin esa Oppo brendiga nasib qilgan. Xiaomi hamda Vivo keyingi o‘rinlarni bo‘lishib olgan.

Qayd etilishicha, Xiaomi kompaniyasining smartfon sotish ko‘rsatkichlari o‘tgan yilning shu davri bilan solishtirib ko‘rilganida 84% ga oshgan.

Hozircha Xiaomi Shimoliy Amerika va Yevropa smartfon bozorlarida u qadar ommalashmagan. Kompaniya joriy yilda bu borada yirik loyihalarni ko‘zlamoqda. Biroq, uning raqiblari bo‘lgan Apple va Samsung jahon bozorlarini egallab olishgan.

Huawei ham Osiyo va Yevropa bozorlarida o‘z o‘ringa ega. Ekspertlarning fikricha, o‘sish sur’ati shu taxlit davom etsa, Xiaomi yaqin yillar ichida dunyo bozorlariga chiqadi va smartfon ishlab chiqarishda jahonning peshqadamlaridan biriga aylanadi.