Eng zo‘r Xiaomi smartfonida ommaviy nuqsonlar chiqa boshladi

  •   DiMaX
  •  3413
  •  28.04.2018 12:45

Eng zo‘r Xiaomi smartfonida ommaviy nuqsonlar chiqa boshladi

Xabaringiz bor – joriy iilning 13 aprelida «xitoycha Apple» hamda Black Shark startapi shu nomdagi o‘yinbop smartfonni taqdim etishgan. Mazkur qurilma geymerlar uchun maxsus ishlab chiqarilganligi hamda o‘ta baquvvatligi bilan o‘shandayoq ko‘pchilikning e’tiborini qozongan.

Taqdimotidan keyin unga buyurtmalar qabul qilish boshlandi va bir necha kun ichidayoq buyurtmalar soni milliondan oshib ketdi. Black Shark bu borada rekord o‘rnatdi. Va nihoyat, 20 apreldan ushbu geymerofonni buyurtmachilarga yetkazib berish boshlandi.

O‘QING: Xiaomi'ning Black Shark geymerfoni uchun rekord darajada buyurtma qabul qilindi

Ammo hammasi shundan keyin boshlandi – ne-ne umidlar bilan «Qora Akula»ni qo‘liga olib ishlatib ko‘rgan xaridorlarning hafsalasi pir bo‘ldi. Chunki ishlab chiqaruvchi mazkur smartfonini optimizatsiya qilmagan ekan – u ko‘ngildagidek ishlamayapti.

Xitoyning MyDrivers resursi xabar berishicha, Black Shark foydalanuvchilari uning displeyi bilan bog‘liq muammolarga duch kelishgan. Ularning shikoyatlariga ko‘ra, tachskrin teginishlarni juda kechikib sezadi, bu esa nafaqat o‘yinlarni o‘ynashda, balki interfeys bilan o‘zaro aloqani talab etuvchi boshqa ilovalardan foydalanishda ham pand berayotir.

O‘QING: Xiaomi Black Shark – suyuqlikli sovitish tizimi, maxsus geympad va o‘yin rejimiga ega haqiqiy geymerofon!

Tachskrin ishidagi nuqson smartfonning apparat va dasturiy qismlari o‘zaro yetarlicha optimizatsiya qilinmaganligidan dalolat bermoqda. Muammoning keng ko‘lamda uchrayotgani esa, ayrim smartfonlargina brak chiqmaganligi, balki bu yetishmovchiliklar ommaviy tusda ekanligini ko‘rsatayotir.

Ayni damda Xiaomi xaridorlarni xavotirlanmaslikka chaqirib bayonot bergan. Balki yaqin orada Black Shark uchun yangilangan proshivka taqdim etilsa v shu bilan undagi nuqsonlar bartaraf etilsa ajabmas.

Aytish kerakki, mazkur geymerofon hozircha O‘zbekiston bozorlariga yetib kelmagan. Ammo «xitoycha Apple»ning boshqa smartfonlari hamda boshqa devayslari o‘zimizda ham rasman savdoga chiqarilgan.

O‘QING: Xiaomi’ning turli gadjetlari narxlari – xaridingiz O‘zbekiston bo‘ylab yetkazib beriladi! (2018 yil 26 aprel)