Yerga tahdid solayotgan meteoritlar qancha? NASA aniqlik kiritadi.

  •   Saroy
  •  1479
  •  16.08.2018 11:35

Yerga tahdid solayotgan meteoritlar qancha? NASA aniqlik kiritadi.

Agentlik mutaxassislari  eng yirik shaharlarning birini yer yuzidan supirib yubora oladigan meteoritning parametrlarini modellashtirib ko‘rishdi, shuningdek qancha ajal xarsanglari sayyoramiz atrofida uchib yurganiga ham aniqlik kiritishdi.

AQSh hukumati NASA oldiga bir tomon uzunligi 140 metrdan kam bo‘lmagan barcha meteoritni kuzatish va o‘rganish vazifasini ko‘ndalang qo‘ydi. Buning uchun amerikalik muhandislar koinotdan kelayotgan tahdidlarni kuzatib borishning orbital tizimini ishlab chiqishi va ishga tushirishi kerak bo‘ladi.  AQSh hukumati bu ishlarni 2020 yilgacha yakunlashni talab qilmoqda, biroq NASA xodimlarining ta’kidlashicha,  bu muddat ushbu  vazifani amalga oshirishga ozlik qiladi.

O‘QING:NASA insonni Marsga eltuvchi raketa dizaynini yakunladi

Arizona krateri: diametri 50 metr bo‘lgan meteoritning tushishidan keyin paydo bo‘lgan

Bunday tizimni yaratishdan oldin, NASA bitta migapolisni (masalan, Nyu-Yorkga o‘xshash) yo‘q qila oladigan meteorit qanday parametrlarga ega bo‘lishi lozimligini aniqlab olishi kerak bo‘ladi. Bunga misol tariqasida o‘sha afsonaviy Tungus meteoritini misol keltiramiz. Uning yerga urilgandagi portlash quvvati 10-15 megatonnani tashkil etgan. Mutaxassislarning aytishicha, bitta yirik shaharni yo‘q qilish uchun yuqorida ta’kidlanganidek, uzunligi 140 metr emas, balki  60-70 metrlik meteorit ham yetarli bo‘rladi.

O‘QING:NASA o‘zga sayyoralarni insoniyatdan himoya qilmoqchi

Sayyoramiz atrofida hajmi 40 metrdan katta bo‘lgan  300 000 ga yaqin ob’yektlar uchib yuribdi. Kattaligi  20 metr atrofida bo‘lgan (Chelyabinskiy meteoritiga o‘xshash) meteoritlar soni esa bir necha millionta. Nazariy jihatdan butun boshli qit’ani yo‘q qilishga kuchi yetadigan yana 20 mingga yaqin osmon jismlari sayyoramiz atrofida daydib yuribdi. Biroq NASA mutaxassislari havotirga o‘rin yo‘q, demoqdalar. Ularning ta’kidlashicha. Apokalipsis bo‘lmaydi, chunki sayyoramizga tahdid solishi mumkin bo‘lgan meteorit qancha katta bo‘lsa, uni payqash shuncha oson bo‘ladi va unga ta’sir qilish chorasi albatta ko‘riladi.

 

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!