Eva – Telegram’ni «kuchaytiruvchi» Android-ilova

  •   DiMaX
  •  4853
  •  14.11.2017 16:00

Eva – Telegram’ni «kuchaytiruvchi» Android-ilova

Telegram messenjeri taqdim etilganidan buyon unda ko‘p miqdorda stikerlar, botlar, kanallar yaratilgan. Ular orasida keraklilarini tanlab olishda sizga qo‘shimcha ilova – Eva yordam beradi.

«Yashil robotchali» qurilmalarda foydalanishga moslab Sunshine App tomonidan ishlab chiqilgan ushbu ilovani Telegram uchun kerakli narsalarning o‘ziga xos «sandiqcha»si, deyish mumkin.

Eva ilovasida uchta bo‘lim mavjud: stikerlar, Telegram-kanallar va botlar. Har bir bo‘lim yana ichki toifalarga ajratilgan, ular orasida o‘zingizga keraklisini topish qulay.

O‘QING: Terroristlar qaysi messenjerlardan ko‘p foydalanishi aytildi

Yana bir yoqimli qulaylik shundan iboratki, mazkur ilovaga foydalanuvchilarning o‘zlari ham kontent qo‘shishlari mumkin. Agarda o‘zingizda qandaydir ajoyib stikerlar to‘plami yoki qiziqarli Telegram-kanal bo‘lsa, sizda uni boshqa foydalanuvchilar bilan bo‘lishish imkoni bor. Albatta, ommaviy qabul qilinishidan oldin u moderatsiyadan o‘tkaziladi.

Eng ma’qul keladigan jihatlaridan biri – Eva ilovasi bepul va reklamasi ham yo‘q. Ammo foydalanuvchilar o‘zlari istashsa, ilovaning ishlab chiquvchilariga minnatdorchilik tarzida mablag‘ yuborishlari mumkin.

Shunday qilib, Eva – sevimli messenjeringizni yanada qulayroq va yorqinroq qilishga yordam beruvchi qo‘shimcha ilovadir. Uni Android-smartfoningizga o‘rnatib olish uchun mana bu havola orqali o‘tishingiz mumkin.

O‘QING: Telegram’dagi eng zo‘r kanallar-6: fan va texnologiyalarga qiziquvchilar uchun!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!