Facebook aksionerlari uning asoschisi Mark Sukerbergni «taxtidan tushirishmoqchi»!

  •   DiMaX
  •  624
  •  18.10.2018 16:09

Facebook aksionerlari uning asoschisi Mark Sukerbergni «taxtidan tushirishmoqchi»!

Eng ommalashgan ijtimoiy tarmoqqa egalik qiluvchi kompaniyaning bir necha yirik aksioneri qiziq taklifni ilgari surishdi. Mohiyatiga ko‘ra, ular kompaniya bosh direktori Mark Sukerbergni boshqaruv raisi lavozimidan tushirishni istashmoqda.

O‘QING: Sukerberg: "O‘zbekiston rossiyalik trollar nishonida bo‘lgan"

Aslini olganda, bundan biror ijobiy natija kutish qiyin – Sukerberg boshqaruv uchun ovoz berilishi ustidan deyarli to‘liq nazoratga ega. Ammo baribir, investorlarning shunga harakat qilayotganliklari o‘zi qiziq hol.

Aksionerlar ushbu taklifni Nyu-York pensiya jamg‘armalari, Illinoys, Rod-Aylend, va Pensilvaniya shtatlari g‘aznachiligi hamda Trillium Asset Management kompaniyasi nomidan berishgan. Aniqroq qilib aytganda, pensiya jamg‘armalari va g‘aznachiliklar Trillium Asset Management faollariga qo‘shilishgan. Ular Facebook’ning joriy yil ikkinchi choragidagi daromadlari haqidagi hisobotdan norozilar. Shu bois kompaniya boshqaruvi raisi – Mark Sukerbergni boshqa, mustaqil nomzodga almashtirishni taklif etishayotir.

Sukerberg va investorlar orasidagi kelishmovchilik qanday rivojlanishi noma’lum, ammo taklifda ko‘rilgan masala yuzasidan ovoz berish kelasi yilgi Facebook aksionerlari yig‘ilishida bo‘lib o‘tishi aytilmoqda.

Shuni ham ta’kidlab o‘tish kerakki, bu – Sukerbergni «taxtidan tushirish» uchun qilinayotgan birinchi urinish emas. Joriy yilning iyunida ham shunga harakat qilishgan edi, ammo natijasi...

O‘QING: AQSh Kongressida ko‘rsatma bergan Sukerberg: «O‘zimni ham chuv tushirishdi...»

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!