Facebook musiqiy dasturini ishga tushirdi

Facebook musiqiy dasturini ishga tushirdi

Facebook 10 noyabr kuni  iOS va Android'lar uchun Lasso nomli musiqiy dasturini ishga tushirdi. Dastur foydalanuvchilari 15 soniyalik fonogramma ostida raqsga tushgan holda video yaratishlari mumkin. Buning uchun Lasso’da yaxshigina musiqiy kutubxonasi, effektlarni qo‘llash vositalari va tezlikni moslash imkoniyatlari(ya’ni slow motion) mavjud.

O‘QING: Facebook yangilangan Messenger’ni namoyish etdi: sodda, qulay va... ajoyib!

Lasso’da siz video ijodkorlariga obuna bo‘lishingiz, Discover sahifasi orqali xeshteglar yordamida video kontentlarni qidirishingiz mumkin. Shuningdek, dasturda “kunning eng yaxshi videosi muallifi” sahifasi ham mavjud.

Lasso’ga kirish Facebook yoki Instagram orqali amalga oshirilishi mumkin. Dasturda chop etilgan videoni Facebook Stories’da ham chiqarish imkoni mavjud. Ma’lumotlarga qaraganda, yaqin vaqtda Lasso’da Instagram Stories’ga ham videolarni import qilish imkoniyati mavjud bo‘ladi.

O‘QING: Facebook aksionerlari uning asoschisi Mark Sukerbergni «taxtidan tushirishmoqchi»!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!