Flyme 7 proshivkasi Meizu smartfonlarini, ayniqsa kameralarni yanada yaxshiladi

  •   DiMaX
  •  674
  •  25.12.2018 17:51

Flyme 7 proshivkasi Meizu smartfonlarini, ayniqsa kameralarni yanada yaxshiladi

Meizu o‘z mobil qurilmalari uchun Flyme 7 proshivkasining yangi versiyasini taqdim etdi. Ushbu apdeyt kompaniyaning turli modellardagi smartfonlariga yangi imkoniyatlar bag‘ishlagan.

O‘QING: Meizu 16s ham eng kuchli Snapdragon 855 chipiga va Sony IMX850 datchikli 48 MPlik kameraga ega!

Mazkur proshivkada smartfonlarni boshqarish uchun ekranda bajariladigan ishoralar tizimi yangilangan, ekranning sezuvchanligi yaxshilangan va tizim umumiy ishining samaradorligi oshirilgan.

Shuningdek, yangi talqindagi Flyme 7 proshivkasi kompaniyaning flagman smartfonlari – Meizu 16th hamda Meizu 16th Plus (boshqacha nomlanishi – Meizu 16 va Meizu 16 Plus) modellari kameralarini yanada yaxshilagan. Effektlar yangilangan – ular yordamida kameralar turli filtrlar orasida biridan ikkinchisiga tezkorlikda o‘tadi. Shuningdek, bu smartfonlar foydalanuvchilari endi ularda olingan fotosuratlarga «suvli belgi» (watermark)larni o‘zlari qo‘ya oladilar.

Bulardan tashqari, yangi funksiya – videolavha suratga olishda tasvirni barqarorlashtirish (anti-shake function) ham qo‘shilgan. Buning evaziga ushbu smartfonlarda olingan videoroliklar yanada silliq chiqadi.

Aytish kerakki, Terashop.uz internet-do‘konimizda savdoga qo‘yilgan Meizu’ning turli rusumlardagi smartfonlari kuni kecha arzonlashdi! Endi ularni 700 000 so‘mdan boshlanuvchi narxlarda onlayn usulda xarid qilish mumkin!

O‘QING: Xiaomi Redmi’lar «kushanda»si – Face ID va romsiz ekranli, hamyonbop Meizu C9 endi O‘zbekiston bozorida!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!