Foxconn xodimlari Apple’ni 1,3 million dollarga tushirishdi

  •   DiMaX
  •  769
  •  13.08.2018 18:54

Foxconn xodimlari Apple’ni 1,3 million dollarga tushirishdi

Apple kompaniyasi o‘z smartfonlarini Xitoydagi hamkorlari zavodlarida yig‘ishidan xabaringiz bo‘lsa kerak. Bu boradagi asosiy yig‘uvchi-sheriklardan biri Foxconn hisoblanadi.

O‘QING: Apple baribir ikkita SIM-kartali ilk iPhone smartfonini chiqaradiganga o‘xshaydi

Chongdiantou sayti yozishicha, Foxconn fabrikasining xodimlaridan bir nechtasi til biriktirib, butlovchi qismlarni o‘marishgan. Aniqrog‘i – ular Lightning portidan 3.5 millimetrlik quloqchin tirqishini ulovchi o‘tkazgich (perexodnik)lardan naq ikki mingtasini o‘g‘irlashgan.

Xabarga ko‘ra, iPhone’larga mo‘ljallangan C100 va C101 Lightning MFi konnektorlari o‘g‘irlangan. Ularning umumiy qiymati 8-9 million yuanni tashkil etadi, bu esa taxminan 1,3 million AQSh dollariga to‘g‘ri keladi.

Holatdan xabardor qilingan mahalliy politsiya tekshiruv o‘tkazib, o‘g‘rilarni qo‘lga olgan. Sud hukmi bilan ular, qamoq jazosiga hukm etilishidan tashqari, jarima to‘lashadi va Apple ziyonini ham qoplab berishadi.

O‘QING: iPhone X’ni bir varaqqina qog‘oz yordamida o‘marishdi! (video)

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!