Foydalanuvchilar fikri: Xiaomi smartfonlarining asosiy afzalligi nimada?

  •   DiMaX
  •  3237
  •  17.12.2019 16:06

Foydalanuvchilar fikri: Xiaomi smartfonlarining asosiy afzalligi nimada?

Reddit resursida Xiaomi telefonlari egalari ushbu kompaniya smartfonlarining boshqalaridan afzal tomonlarini muhokama qilishdi. Reddit resursida bo‘lib o‘tgan ushbu muhokamada yuzdan oshiq yuzer ishtirok etgan.

O‘QING: Xiaomi smartfonlari bunchalik ommabopligining 5 sababi

Xiaomi qurilmalarining asosiy afzalliklari, foydalanuvchilar fikricha: arzon narxlanganligi, yuqori sifatda terilganligi va eng yaxshi butlovchi qismlardan iboratligidir. “Xitoycha Apple” smartfonlari egalarining aksariyati ularni narx va sifat uyg‘unligiga ko‘ra tanlashar ekan.

«Xiaomi degani bu – qoyilmaqom smartfonlardir. Shuningdek ular, Apple va Samsung kabilar o‘z smartfonlariga qanchalik kulgili narxlar qo‘yishayotganini yaqqol ko‘rsatib beradi», – deydi fever84 nikli Reddit foydalanuvchisi.

Bundan tashqari, deya ta’kidlashgan foydalanuvchilar, Xiaomi’ning hatto arzon va o‘rta narxli smartfonlarida ham zamonaviy odam uchun kerakli barcha narsalar mujassam. Shu boisdan ham Xiaomi gadjetlarini ishlatayotganlar boshqa smartfonsozlarning nisbatan qimmat modellarini xarid qilishda ma’no ko‘rmaydilar.

O‘QING: Samsung, Apple, Xiaomi va Huawei har bir smartfondan qancha sof daromad ko‘radi?

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!