Galaxy J6: texnik jihat, narx va "jonli" suratlar

Galaxy J6: texnik jihat, narx va

Bir muddat avval Galaxy A6 hamda Galaxy A6+ smartfonlarining taqdimot marosimi bo‘lib o‘tgan edi. Ayni paytda mazkur smartfonlar jahonning smartfon bozorlarida sotilmoqda, ayrim joylarda avvaldan buyurtma qabul qilinmoqda.

O‘qing: Kuni kecha taqdim etilgan Samsung Galaxy A6 va A6+ narxlari ma’lum bo‘ldi

Har ikkala mobil qurilma texnik jihatlariga nisbatan ancha qimmat. Shu bois kompaniya yanada arzon hamda bugungi talab asosida to‘liq ekranli smartfon ishlab chiqarish jarayonini tezlashtirib yubordi. Samsung Galaxy J6 ana shunday jihatlar bilan ta’minlanadi.

Taniqli insayder Roland Kvandt o‘zining axborot tarmoqlarida Samsung Galaxy J6 modelining texnik jihatlari hamda narxiga oid ma’lumotlarni e’lon qildi.

Ma’lum qilinishicha, nisbatan hamyonbop mobil qurilma uchun plastmassa korpus tayyorlanmoqda. Shu bilan birga, smartfonda diagonali 5,6 dyuymli cho‘zinchoq va 1480 ga 720 ta pikselni (HD+) sig‘dira oladigan, shuningdek tomonlar nisbati 18,5:9 o‘lchamli ekran bo‘ladi. Displeyning Super AMOLED texnologiyasi asosida yaratilishini hisobga olsak, uning tasfir namoyishi yuqori hamda sifatli bo‘ladi.

Qolgan jihatlar qatorida Samsung Galaxy J6 ega bo‘ladigan 8 yadroli va 1,4 GGs chastota tezligida ishlaydigan Exynos 7870 protsessorini aytish mumkin. Shuningdek, smartfonning 2/3/4 GB talqindagi tezkor hamda 32/64 GB doimiy xotira versiyalari ham ishlab chiqariladi. microSD xotira bo‘lmachasi yordamida foydalanuvchi smartfonning ma’lulmotlar omborxonasini 256 gigabaytgacha kattalashtirishi mumkin.

O‘ziga xos jihati shundaki, buning uchun sim-karta bo‘lmachalaridan biri band bo‘lmaydi. Xotira kartasi bilan birga, 2 ta SIM-kartadan ham foydalanish mumkin.

Kamera masalasida esa, smartfon bosh kamerasiga 13 megapikselli bosh hamda 8 megapikselli old kamera tanlangan. Kuch-quvvatni esa Samsung Galaxy J6 modeli elektr toki sig‘imi 3000 mA soat bo‘lgan akkumulyator batareyadan oladi. Afsuski, bu arzon modelda tezkor quvvat olish funksiyasi joriy qilinmaydi.

Plastik korpusning orqa panelida cho‘zinchoq shakldagi barmoq izi skanerini ko‘ramiz. Galaxy J6 qadoqdanoq Android 8.0 Oreo'ning o‘zlashtirilgan Samsung Experience UI 9.0 tizimida faoliyat ko‘rsatadi.

Narx ham insayderlar tomonidan hozirdanoq ma’lum qilingan. Smartfon Yevropa elektronika bozorida 295 AQSh dollaridan sotiladi. Xaridor ixtiyorida smartfonnning qora, binafsha rang hamda tilla rang talqinlari bo‘ladi. Samsung Galaxy J6 bugungi ilg‘or modullarga ega bo‘lmasligi mumkin. Biroq undan LTE 4G tarmog‘ida foydalanish mumkin.

O‘qing: OnePlus 6'da olingan ilk suratlar