Geekbench fosh etdi: arzon Galaxy M40 kutilganidan kuchliroq ekan!

  •   DiMaX
  •  2577
  •  03.05.2019 17:41

Geekbench fosh etdi: arzon Galaxy M40 kutilganidan kuchliroq ekan!

Samsung kompaniyasining arzon smartfonlar turkumi yaqin orada Galaxy M40 modeli bilan to‘ldirilishi ma’lum. Avvalroq uning ayrim xususiyatlari ma’lum bo‘lgan edi.

O‘QING: Galaxy A smartfonlari taqdimotdan ikki oy o‘tiboq arzonlasha boshladi!

Mish-mishlarga qaraganda, Galaxy M40 kamida 6,4 dyuymlik Super AMOLED ekranga, uch modulli bosh kameraga va 5000 mA/soatlik akkumulyatorga ega. Shuningdek, Samsung uni o‘zining Exynos 7904 protsessori bazasiga qurishi aytilgan edi, ammo Geekbench servisi buning noto‘g‘ri ekanini ko‘rsatdi.

Gap shundaki, ayni bugun – 3 may sanasida ushbu benchmarkda Galaxy M40 modelining kuchini sinab ko‘rishgan. Shunda aniq bo‘ldiki, unga Exynos 7904’dan ko‘ra kuchli bo‘lgan Snapdragon 675 protsessori o‘rnatilayotgan ekan:

Geekbench’da testdan o‘tkazib ko‘rilgan Galaxy M40 tezkor xotirasi 6 gigabaytlik bo‘lib, protsessorining bitta yadrosini hamda barcha yadrolarini ishlatib tekshirilganida u tegishlicha 2350 va 6410 ball olgan. Ya’ni, kutilayotgan smartfon samaradorligi Galaxy M30 modelidan anchagina kuchli. Shuningdek, uning eng so‘nggi – Android 9 Pie operatsion tizim talqini bilan taqdim etilishi ham aniq bo‘ldi.

Samsung ushbu modelini yaqin orada taqdim etishi kutilmoqda, kompaniyaning jahon bozoriga chiqqan ayrim telefonlarini esa 451 000 so‘mdan boshlanuvchi narxlarda Terashop.uz internet-do‘konimizdan sotib olish mumkin.

O‘QING: Galaxy A50 yana Terashop.uz’da, Galaxy S10e ham yetib keldi! Shu va boshqa Samsung smartfonlari narxlari (2019 yil 25 aprel)

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!