Honor Magic 2: surati rasman e’lon qilindi, nimaga qodirligi ham ma’lum bo‘ldi

  •   Saroy
  •  795
  •  25.10.2018 15:44

Honor Magic 2: surati rasman e’lon qilindi, nimaga qodirligi ham ma’lum bo‘ldi

Honor Magic 2 kelasi haftada taqdim etiladi. Huawei’ning subbrendi hisoblangan  Honor o‘zining ushbu noodatiy flagmani suratini foydalanuvchilar bilan baham ko‘rdi. Bizga ma’lumki, Magic 2 eski slayder mexanizmidan foydalanadi. Unda old kamera ekran ortiga yashirilgan edi. Shu sababli kerakli qirqmaga zarurat qolmagan.

Rasmiy foto qurilmaning ort paneli dizaynini ko‘rsatib turibdi. U xuddi Huawei P20 Pro qurilmasining orqa paneliga o‘xshab ketadi. Shuningdek uch kamerali model hamda bir juft gradiyent rangli qurilma ham bor. Mish-mishlarga qaraganda, Magic 2 6,39-dyuymli OLED-displeyiga ega bo‘ladi. Displeyning formati  2340 ga 1080. Qolaversa, unda barmoq izlari skaneri va Huawei’dan yangi  Kirin 980 protsessori ham bor.

O‘QING: Honor Magic 2 «jonli» video suratlarda: xuddi Huawei P20 Pro kabi, faqat slayderli flagman!

Honor Magic 2 haqida qolgan tafsilotlar ​​31 oktyabrda rasmiy anons vaqtida ma’lum bo‘ladi. Undan bir kun oldin esa Apple o‘z taqdimotini o‘tkazadi.

Yana bir ma’lumot: Honor Magic 2 taqdimotiga taklif tovush orqali ham yetkazilmoqda. Buning uchun foydalanuvchiga ovozli Yoyo yordamchi asqotmoqda.

Ushbu ovozli taklifnoma ham Honor Magic 2 smartfonining taqdimoti 31 oktyabrda bo‘lishini tasdiqladi. 

O‘QING: Huawei’ning betakror romsiz slayderi – Honor Magic 2 taqdimot kuni ma’lum!

Qiziq tomoni, agar xatjilddan taklifnomani chiqarib olsangiz, qisqacha ovoz eshitiladi. Erkakcha ovoz deydi: «Salom, Yoyo». Unga ayol ovozda shunday deyiladi: «Men shu yerdaman, ishlar qalay?». Bu degani, Honor Magic 2 foydalanuvchilarini Yoyo ovozli yordamchi kutmoqda va kompaniyadagilarning ta’kidlashicha, u IQ 4000’ga ega bo‘ladi.