Ikkinchi urinish: Samsung Galaxy Fold ham Huawei Mate X bilan bir vaqtda sotuvga chiqadi

  •   DiMaX
  •  933
  •  08.06.2019 12:52

Ikkinchi urinish: Samsung Galaxy Fold ham Huawei Mate X bilan bir vaqtda sotuvga chiqadi

Samsung marketing maqsadida o‘zining inqilobiy gadjeti – Galaxy Fold modelidan bir nechtasini tavsif qilish uchun jurnalistlarga tarqatgandi. Ammo ularning displeyidagi nosozlik tufayli reklama kampaniyasi aks ta’sir ko‘rsatdi va kompaniya xatosini tan olib, uzr so‘rashga majbur bo‘ldi.

O‘QING: «Inqilob» amalga oshmadi: Samsung barcha Galaxy Fold’larini qaytarib olyapti!

Hindistonlik insayder Mukul Sharma (Mukul Sharma) o‘zining Twitter-sahifasida Galaxy Fold haqidagi yangi ma’lumotni e’lon qildi. Unga ko‘ra, Samsung o‘zining buklama smartfonidagi muammolarini hal etib bo‘lgan va uni keyingi oydayoq qayta savdoga qo‘yadi.

Insayder mazkur ma’lumotni ikkita informatori tasdiqlaganini ma’lum qilgan. Demak, Galaxy Fold iyul oyida bozorga chiqarilishi haqiqatga o‘xshayapti.

Qayd etib o‘tish o‘rinliki, Samsung ushbu inqilobiy qurilmasini asosiy raqibi – Huawei Mate X gadjetidan 2-3 oy avval sotuvga chiqarib ustunlikka erishmoqchi edi. Biroq uning ekranidagi muammolar sababli qaytarib olingach, endi bu ikki gigantning buklama smartfonlari taxminan bir xil vaqtlarda bozor yuzini ko‘radigan bo‘lyapti.

O‘QING: Samsung eng antiqa dizaynli smartfonni tayyorlayapti, lekin bu Galaxy Fold yoki Galaxy Note 10 emas!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!