Inha universitetiga kirish imtihonlari ilk bor onlayn rejimida o‘tkaziladi

  •   DiMaX
  •  737
  •  13.06.2020 11:40

Inha universitetiga kirish imtihonlari ilk bor onlayn rejimida o‘tkaziladi

Koronavirus pandemiyasi tufayli Toshkent shahridagi Inha universitetiga 2020-2021 o‘quv yilida kirish imtihonlari ilk marotaba onlayn rejimda o‘tkaziladi. Bu haqda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi xabar bermoqda.

O‘QING: Universitetlarga qabuldagi o‘zgarishlar: imtihonlar muddati surildi, hujjatlarni onlayn topshirish mumkin

Koreyalik hamkorlar bilan birgalikda ishlab chiqilgan yangi qoidalarga asosan, abituriyentlar «Kompyuter va dasturlash injiring» (School of Computer and Information Engineering – SOCIE) va «Logistika» (School of Logistics – SOL) fakultetlariga birinchi kirish imtihonlarni 23 iyun kuni, onlayn rejimida ZOOM orqali topshiradi.

Joriy yilda imtihonlardan o‘tish uchun internet, kompyuter va smartfon kerak bo‘ladi. Abituriyentlar bir vaqtda ZOOM’ga telefondan kirishlari, kompyuterga esa imtihon topshirig‘ini yuklashlari kerak. Bu yilda matematika fani bo‘yicha 6 ta savol beriladi, va ularni yozuv shaklda 30 daqiqa ichida yechish kerak. Vaqt tugashi bilan javoblar varag‘ini kuzatuvchiga ZOOM orqali ko‘rsatish va keyin uni rasmga olib tekshiruv komissiyaga jo‘natish zarur. Tekshirish jarayonida ZOOM orqali ko‘rsatilgan va pochtaga jo‘natilgan nusxalar solishtirilib ko‘rib chiqiladi. Yozma imtihondan so‘ng abituriyentlar ingliz tilida onlayn-suhbatdan o‘tishlari shart.

O‘QING: Inha universiteti talabalari sensorli «aqlli niqob» ixtiro qilishdi

Ta’kidlash kerakki, imtihon jarayonlarini ZOOM orqali Janubiy Koreya INHA Universiteti vakillari kuzatib boradi. Ya’ni, Toshkent shahridagi Inha universitetidan hech kim ishtirok etmaydi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, imtihonda Koreya universitetining 32 nafar vakillari ishtirok etadi — har bitta kuzatuvchiga 15 ta abituriyent to‘g‘ri keladi. Birinchi imtihonga jami 482 ta abituriyent ro‘yhatdan o‘tgan.

Onlayn-imtihonlarning o‘tkazilishi biz uchun birinchi tajriba bo‘lganligi bois, bir qator omillar ham nazarga olindi. Masalan, internet bilan ulanishda yoki texnik nosozliklar tufayli muammolar paydo bo‘lishi mumkin. Bu holda abituriyent ZOOM’ga yana bir ulanishga va imtihonni keyingi kuni — 24 iyun sanasida topshirishga imkon beriladi.

Yana bir muhim shart: imtihon berilgan topshiriqlarni bajargan paytida xonada abituriyentdan tashqari hech kim bo‘lmasligi zarur. Bundan tashqari, boshqa taraflarga — tepaga, pastga qarash man etiladi ushbu talablarni bajarmagan abituriyent imtihondan chetlatiladi. Imtihon bo‘yicha barcha masalalar abituriyentlarga konsultatsiya kuni — 22 iyun kuni tushuntirilib beriladi.

O‘QING: Onlayn darslarni buzgani uchun YouTube-bloger ustidan jinoiy ish ochildi

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!