Instagram’da videqo‘ng‘iroq qilish mumkin bo‘ladi!

  •   DiMaX
  •  913
  •  31.01.2018 12:26

Instagram’da videqo‘ng‘iroq qilish mumkin bo‘ladi!

Ijtimoiy tarmoqlar va messenjerlar rivojlanishda davom etib, o‘z foydalanuvchilari uchun bir qator qulayliklarni taqdim etishayotir. Jumladan, hozirda Instagram ijtimoiy tarmog‘i uchun videoqo‘ng‘iroq funksiyasi sinovdan o‘tkazilmoqda.

O‘QING: Instagram sizni kuzatishini bilasizmi? Uning ta’qibidan qutulish yo‘lini-chi?

@WABetaInfo blogi mualliflari Instagram ilovasining iOS platformasi uchun tayyorlangan dastlabki versiyasida ushbu funksiyani payqab qolishdi va buni Twitter orqali ma’lum qilishdi.

Xabarga ko‘ra, videoqo‘ng‘iroq piktogrammasi xabarlar bo‘limida paydo bo‘lgan. Bu esa shundan dalolat beradiki, ishlab chiquvchilar Instagram’ni fotosuratlar va videolavhalar namoyish etiladigan ijtimoiy tarmoq darajasidan to‘laqonli messenjer darajasiga olib chiqishga harakat qilishmoqda. Demak, yaqin orada u WhatsApp va Telegram bilan raqobatga kirishishi ham mumkin.

O‘QING: Taniqli siyosatchi ommabop messenjerni terrorchi va pedofillar uyasi deb atadi

Garchi ilova interfeysida videoqo‘ng‘iroq uchun tugmacha mavjud bo‘lsa-da, mazkur funksiya hozircha hatto dastlabki sinov dasturi ishtirokchilari uchun ham faollashtirilmagan. Ehtimol, uni keyinroq – kerakli infratuzilma tayyor bo‘lgach sinovchilar uchun taqdim etishar.

Avvalroq ma’lum bo‘lishicha, Instagram ijtimoiy tarmog‘i foydalanuvchilarining o‘zaro xabar almashishlari uchun alohida ilova ishlab chiqqan. Biroq Direct nomli bu messenjerning tarqatilish hududi faqat oltitagina mamlakat bilan cheklangan: Isroil, Chili, Turkiya, Ururgvay, Italiya va Portugaliya.

O‘QING: Gey-targ‘iboti, ruhiy xurujlar avj olayotgani bois Instagram’ni taqiqlash taklif qilindi

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!