iPhone 9’ning ilk suratlari va videosi: skaner ekranning o‘zida!

  •   DiMaX
  •  2679
  •  02.01.2018 16:35

iPhone 9’ning ilk suratlari va videosi: skaner ekranning o‘zida!

Apple kompaniyasi o‘tgan yili iPhone 8 hamda iPhone 8 Plus modellaridan tashqari, hech kim kutmagan xususiyatlarga ega iPhone X – yubiley ayfonini ham taqdim etdi. Bu bilan, korporatsiyaning modellar qatoridagi urfdan chekinish hosil bo‘ldi: avval har yili navbatdagi raqamli ayfon, keyin esa shu muayyan raqamli smartfonning nomida «S» bo‘lgan, nisbatan ilg‘or talqini chiqarilar edi. 2017 yilda bu an’ana buzilganini inobatga olib, kupertinolik gigantning navbatdagi telefoni iPhone 9 modeli bo‘lishini taxmin qilish mumkin.

O‘QING: iPhone 9 uchun akkumulyatorlarni LG Chemical yetkazib beradi

Jahon ommasi iPhone X superflagmaniga ko‘nikib bo‘lganini inobatga olsak, «olmali» korporatsiya endi bozorga uning yaxshilangan talqinini taqdim etishi va bu iPhone 9 modeli bo‘lishi ehtimoli yuqori. Science and Knowledge dizaynerlar guruhi bu smartfon haqidagi turli mish-mishlarga, foydalanuvchilarning undan kutayotganlariga asoslanib, mazkur qurilmaning konseptini yaratdi. Natijada esa hammani hayratga soluvchi ajoyib smartfon modeli yuzaga keldi, deb yozadi AKKet nashri.

Mana, avvaliga videolavhada uni batafsil tomosha qilaydik-da:

Suratlardan hamda videolavhadan ko‘rinadiki, iPhone 9 modeli tashqi ko‘rinishidan iPhone X dizaynini eslatadi, ammo ayrim farqlar mavjud. Bo‘lajak flagman korpusining orqa qopqog‘i, avvalgi modeldagidek, shishadan ishlangan. Kameraning qo‘sh ob’yektivi esa, yubiley ayfonidan farqli ravishda, asosiy korpus yuzasidan turtib chiqib turmaydi.

Smartfonning old yuzasi esa kuchli o‘zgargan, chunki Apple «o‘yiq»li Super Retina displeyidan voz kechib, bu modelda klassik to‘rtburchak matritsa qo‘llagan. Bu shaklda kontentni aks ettirish uchun maydon ko‘proq ekani foydalanuvchiga qulaylik keltiradi. iPhone 9 ekranining yuqori qismida avvalgidek qiyofa skaneri joylashgan, aniqrog‘i, bu – Face ID’ning yaxshilangan talqinidir. U yanada tezkorroq va aniqroq ishlaydi.

O‘QING: EKSKLYuZIV VIDEO: hashamdor Galaxy X8 (2018) smartfoni to‘laqonli yuz skaneri bilan dunyoni lol qoldiradi!

Shuningdek, dizaynerlarning fantaziyasiga ko‘ra, yangi ayfonda barmoq izi skaneri displeyning o‘ziga integratsiya qilinadi.

Eslatib o‘tamiz, kupertinolik gigant iPhone X modelida yuz skanerini tatbiq etish evaziga daktiloskopik datchikdan voz kechgan edi. Biroq, Science and Knowledge dizaynerlari fikriga ko‘ra, doimiy ishqibozlarining va keng jamoatchilikning fikrini inobatga olib, Apple ushbu modulni iPhone modeliga qayta joriy etadi. Lekin u endi avvalgidek Touch ID emas, balki Display ID deb ataladi.

O‘QING: Ekranining o‘zi barmoq izi skaneriga aylantirilgan ilk smartfon ma’lum bo‘ldi va u Samsung mahsuloti emas...

Boshqa xususiyatlariga keladigan bo‘lsak, iPhone 9 smartfoni diagonali 5,5 dyuymli OLED-ekran, 6 yadroli Apple A12 protsessoriga ega. Uning tezkor xotirasi 4 gigabayt, doimiy flesh-xotirasi esa 128/256 gigbayt hajmli talqinlarda chiqariladi. Qo‘shaloq asosiy kamerasi 12, old kamerasi bo‘lsa 8 megapikselli. U simsiz aloqaning Wi-Fi 802.11ad (yangi standart) hamda Bluetooth 5.0 interfeyslarini qo‘llab-quvvatlaydi.

Manbaning taxminiga ko‘ra, iPhone 9 smartfonining bazaviy modifikatsiyasi 1000 AQSh dollaridan oshiq qiymatga ega bo‘ladi.

O‘QING: Samsung, Apple, Xiaomi va Huawei har bir smartfondan qancha sof daromad ko‘radi?

Yana bir bor eslatib ztamiz – yuqoridagi ma’lumotlar Science and Knowledge dizaynerlarining fantaziyasi mahsulotidir. Apple 2018 yili taqdim etadigan smartfon xususiyatlari bundan farq qilishi mumkin.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.