iPhone SE 2: «jonli» suratlar, aniq o‘lchamlari va taqdimot kunigacha ma’lum bo‘ldi!

  •   DiMaX
  •  2317
  •  12.05.2018 19:28

iPhone SE 2: «jonli» suratlar, aniq o‘lchamlari va taqdimot kunigacha ma’lum bo‘ldi!

Apple korporatsiyasi 2016 yili nisbatan hamyonbop va ixcham iPhone SE rusumli smartfonini taqdim etgan edi. Uning kutilmaganda judayam ommalashib ketgani bois, bu yil ikkinchi avlodini ham chiqarishmoqchi.

O‘QING: iPhone SE 2 yangi videorolikda: «Home» tugmachasi va 3,5 mm.lik audiotirqishi yo‘q!

Kuni kecha taniqli insayder Veniamin Geskin ushbu ayfon uchun tayyorlangan displeyning «jonli» rasmini e’lon qilgan edi. Endi esa, ixcham ayfonning ikkinchi avlodi iPhone X dizaynida ekanini tasdiqlovchi ma’lumotlar turli manbalardan tarqala boshladi.

Ular orasida, jumladan, ayfonlar uchun aksessuarlar ishlab chiqaruvchi Olixar kompaniyasi ham bor. U nafaqat iPhone SE 2 ekranining himoya shishasini ko‘rsatdi, balki olingan ma’lumotlar asosida bu ayfon renderini ham yasadi. Mana, u e’lon qilgan suratlardan biri:

Avval ham xabar qilganimizdek, yangi smartfon korpusining dizayni original iPhone SE modelinikidan farq qilmaydi. Faqat uning ekrani iPhone X dizaynida – romsiz va tepasida «o‘yiq»li bo‘ladi.

O‘QING: Mashhur insayder iPhone SE 2 displeyining «jonli» suratini e’lon qildi

Mana shu tepadagi «kemtik»da dinamik, old kamera va yuzni skanerlovchi Face ID tizimi datchiklari joylashadi.

iPhone SE 2 korpusining o‘lchamlari hatto oldingi «avlod»idan ixchamroq ham – 121x55,8 millimetrga teng bo‘ladi. Original iPhone SE korpusi esa 123,8x58,6 millimetrlikdir.

Shuningdek, mashhur insayder Evan Blass yangi ayfonning nomi iPhone SE (2018) bo‘lishini ham e’lon qilgan.

Shuningdek, insayderlarga ko‘ra, ikkinchi avlod iPhone SE smartfoni WWDC 2018 anjumani doirasida, 4 iyun kuni taqdim etiladi.

Hozircha esa yurtimizda ham Apple’ning oldingi modellardagi smartfonlarini xarid qilish imkoni mavjud.

O‘QING: O‘zbekiston bo‘ylab BEPUL yetkazib beriladigan iPhone narxlari (2018 yil 11 may)

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!