iPhone sotib ololmaysizmi? Unda ijaraga oling!

iPhone sotib ololmaysizmi? Unda ijaraga oling!

Apple'ning iPhone smartfonlari dunyodagi eng zo‘r smartfonlardan biri va shu bilan birga ular juda qimmat ham, shunday ekan har kim ham ularni sotib ololmaydi. Bloomberg nashrining xabar berishicha, kupertinolik kompaniya o‘zining iPhone va boshqa qurilmalarini ma’lum narxda oylik ijaraga berish obunasi ustida ishlamoqda. Bu xuddi Apple Music yoki Apple TV kabi obunalarga ulanishdek bo‘ladi.

Ushbu xizmat Apple'ning avtomatik ravishda takrorlanadigan sotuvidagi eng katta o‘zgarish bo‘lib, foydalanuvchilarga raqamli xizmatlardan ko‘ra birinchi marta qurilmalarga obuna bo‘lish imkonini beradi. Agar kompaniya bu xizmatni ishga tushirsa, albatta, foydalanuvchilar o‘zlarining oylik qurilmalariga faqat bitta Apple ID akkauntlari bilan ulanishlari kerak bo‘ladi va bu akkaunt boshqa Apple xizmatlari uchun ham ishlatiladi. Shuningdek, smartfon obunasiga qo‘shib kompaniyaning yana bir pullik obuna xizmati: iCloud bulutli xotirasiga obuna yoki Apple Music obunasi yoki boshqa obuna xizmati majburiy qo‘shib berilishi ham mumkin.

Ta’kidlash kerakki, bu obuna xizmati bo‘lib-bo‘lib to‘lash dasturidan farq qiladi va oylik to‘lov 12 yoki 24 oyga bo‘lingan qurilma narxi bo‘lmaydi. Aksincha, bu hali narxi aniqlanmagan oylik to‘lov bo‘lib, foydalanuvchi qaysi qurilmani tanlashiga bog‘liq. Kompaniya har yili o‘z qurilmalarining yangi avlodini chiqarganida, oylik qurilmalar foydalanuvchilari eskisidan yangisiga ham o‘tishlari mumkin bo‘ladi.

Apple loyiha ustida hali ham ishlar olib bormoqda va u shu yilning oxirida chiqishi yoki 2023-yilga kechiktirilishi yoki umuman chiqmasligi ham mumkin.

O‘QING: iPhone 15 Pro ekran osti sensorlari bilan - rostdan?

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!