iPhone X’da yana bir nuqson oshkor etildi

  •   Saroy
  •  2006
  •  05.06.2018 10:22

iPhone X’da yana bir nuqson oshkor etildi

Apple texnikasining foydalanuvchilari o‘z iPhone X’dan asta-sekin ko‘ngli qolyapti. Chunki qurilma ichki xotirasini tasodifiy olingan skrinshotlar bilan to‘ldirib yuborayapti. Ayb  shu ishlarni amalga oshirayotgan tugmalar kombinatsiyasida, deyiladi  xabarda. Avvalgi iPhone suratni ekranga olishni bloklash va «Home» tugmalarini bir vaqtda bosib turish orqali amalga oshirardi. iPhone X’da esa bunday emas, shu bois endi foydalanuvchilarga bloklash tugmasini bosib, ovozni ko‘tarsa kifoya qiladi. Endi ma’lum bo‘lishicha, ushbu kombinatsiya tugmalarni tasodifiy bosib yuborishlarga juda ta’sirchan ekan.

O‘QING: Yangilaridan yaxshi 2 eski smartfon modeli

Natijada foydalanuvchilarga yaxshi ko‘rgan taomlari, mushukchalari hamda saqlangan memlarining fotosuratlari tasodifiy skrinshotlar ummonida yo‘qolib qolmasligi uchun har kuni rasmlarga ishlov berishga to‘g‘ri kelyapti.  Tvitterdagi tez qidiruvda iPhone X foydalanuvchilarining ushbu muammodan shikoyatga to‘la son-sanoqsiz izohlari paydo bo‘ldi.

Foydalanuvchilarning biri qariyb, bir yarim ming marotaba skrinshot qilganini yozadi. Afsuski, ushbu muammoning yechimi yo‘qqa o‘xshaydi, deydi u. Bu muammo haqida Apple’ning forumida  2017 yil noyabrda yozilgan edi, biroq kompaniya hali ham ushbu masalaga izoh bergani yo‘q. Barcha umid endi iOS 12’dan. Uni kompaniya shu kunlari namoyish qilishi kutilmoqda. Darvoqe, test natijalariga ko‘ra , Apple Android’ni ikki yilga orqada qoldirmoqda, shu bois har qanday holatda ham  iPhone X’ni xarid qilish o‘zini oqlaydi.

O‘QING: iPhone SE 2 taqdimoti ertangi anjumanda kutilmoqda

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!