«JONLI» VIDEO: Oppo 10 karralik optik zum va yaxlit ekranga joylangan daktiloskopli smartfonini ishlatib ko‘rsatdi!

  •   DiMaX
  •  785
  •  17.01.2019 11:00

«JONLI» VIDEO: Oppo 10 karralik optik zum va yaxlit ekranga joylangan daktiloskopli smartfonini ishlatib ko‘rsatdi!

Smartfonlarda daktiloskopik sensorni dastlab «Uyga» tugmasiga, korpusning orqa paneliga, yon qirrasiga o‘rnatishgan bo‘lsa, hozirda ekranning o‘ziga integratsiya qilishmoqda. «Xitoycha Apple» esa kecha barmoq izi skanerining umuman yangicha turini ko‘rsatgan.

O‘QING: «JONLI» VIDEO: Xiaomi displeyning hamma joyi skanerli smartfon tayyorladi!

Buni qarangki, yana bitta xitoylik smartfonsoz ushbu texnologiyani takomillashtirishga erishibdi. Ya’ni, Oppo o‘zining o‘n yilligi sharafiga Xitoyda o‘tkazgan tadbirida shunaqa – ekranning hamma yerida ishlovchi daktiloskopik datchigini ko‘rsatdi. Bu – bozorga chiqarishga tayyor smartfon bo‘lmasdan, Oppo R17 Pro modelining maxsus modifikatsiyalangan versiyasidir.

Aftidan, ikkala kompaniya ham bu borada ayni bitta yetkazib beruvchining displeylarini qo‘llashgan. Nima bo‘lganda ham, Oppo har taraflama Xiaomi’dan qolishmasligini isbotlashga harakat qilmoqda.

O‘QING: Redmi Note 7 raqibi – Realme 3 ham 48 megapiksellik kameraga ega bo‘lyapti!

Ammo Oppo ushbu ko‘rgazmada tadbirda namoyish etilgan texnologiyalarning asosiysi bu ham emas – u yana 10 karralik optik zum texnologiyasini ko‘rsatdi. Kompaniya vakillarining ta’kidlashlaricha, bu allaqachon bozorga chiqarishga tayyor namuna bo‘lib, yaqin orada Oppo smartfonlarida paydo bo‘ladi.

10 karralik zum texnologiyasining barcha tafsilotlarini hamda ushbu ikki texnologiya joriy etilgan ilk prototipni MWC 2019 ko‘rgazmasida rasman oshkor etishga va’da berdi.

O‘QING: Oppo barcha smartfonlar uchun 10 karralik gibrid zum texnologiyasini tayyorladi (+video)