«JONLI» VIDEO: Xiaomi displeyning hamma joyi skanerli smartfon tayyorladi!

  •   DiMaX
  •  1781
  •  16.01.2019 17:25

«JONLI» VIDEO: Xiaomi displeyning hamma joyi skanerli smartfon tayyorladi!

Barmoq izi skaneri texnologiyasi ancha tez rivojlanib kelayotir. Dastlab ushbu datchikni «Uyga» tugmasiga, korpusning orqa paneliga, yon qirrasiga o‘rnatishgan bo‘lsa, hozirda ekranning o‘ziga integratsiya qilishmoqda.

O‘QING: Bunaqasi bo‘lmagan: Galaxy S10 ekranining hamma yeri barmoq izi skaneridan iborat!

Yuqoridagi maqolada keltirilganidek, navbatdagi Samsung flagmanida bunday texnologiya bo‘lish-bo‘lmasligi hozircha noma’lum. Ammo Xiaomi allaqachon buni uddaladi va kompaniya prezidenti Lin Bin uni namoyish etib «jonli» video tarqatdi.

Yangicha daktiloskopik skanerning hozirgilariga nisbatan bir qator afzalliklari mavjud. Avvalo, birinchi bor foydalanuvchining barmoq izlarini o‘rnatish va «eslab qolish» uchun sensorga barmoqni bir necha bor bosishga hojat yo‘q. Izi qoldiriladigan barmoqni 50x25 millimetrlik joyga bir marta bosib olinsa bo‘ldi – u joy ham yorug‘lik bilan aniq ko‘rsatib beriladi. Aftidan, ushbu hududda yana bitta – ultratovushli emas, balki optik sensor bor. Keyin esa ekranning istalgan joyiga shu barmoqni bosish orqali smartfon qulfdan chiqarilaveradi.

Aytish kerakki, xuddi shunday tizim Vivo APEX konsept-smartfonida ham qo‘llangan edi, ammo bu texnologiya yakuniy modelgacha yetib kelmagan.

O‘QING: Vivo tag‘in oldinda: old kamerasi yuqoridan chiquvchi, skaner va dinamigi romsiz ekranga joylangan ilk smartfon! (+video va fotolar)

Xiaomi prezidentining ta’kidlashicha, ular mazkur texnologiya ustida yarim yildan oshiq ishlab kelmoqda. Mana, yangicha texnologiya bo‘yicha displeyning hamma joyida ishlovchi barmoq izi skanerini «jonli» tomosha qiling:

Mazkur texnologiya «xitoycha Apple»ning qaysi smartfonida qo‘llanishi hozircha noma’lum. Ehtimol, uni namoyish kuni allaqachon ma’lum bo‘lgan yangi flagmanda ko‘rarmiz.

O‘QING: Navbatdagi Xiaomi flagmanining taqdimot sanasi e’lon qilindi

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!