Kuchli smartfon brendlari bilan rasman ishlaydigan do‘kon ochilishi kutilmoqda

  •   DiMaX
  •  2168
  •  19.03.2018 17:14

Kuchli smartfon brendlari bilan rasman ishlaydigan do‘kon ochilishi kutilmoqda

O‘zbekiston bozorlarida turli ishlab chiqaruvchilarning turfa rusumlardagi elektrotexnika mahsulotlari sotilmoqda. Yaqin kunlar ichida poytaxtimizdagi shunday do‘konlarning safi yana bittaga ko‘payadi.

O‘QING: Xiaomi smartfonlari va boshqa devayslarining narxlari (2018 yil 19 mart)

Saytimiz menejeri «Fleshka» texnomarkazi (xalq tilida – «Malika» bozori) hududida bozordagi talab va takliflarni o‘rganayotib, ochilishiga tayyorgarlik ko‘rilayotgan yangi do‘konga ko‘zi tushgan. Garchi bu do‘kon haqida biror ma’lumot olishning hozircha imkoni bo‘lmagan esa-da, uni suratga tushirib qaytgan:

Afishadan ko‘rinib turganidek, mazkur do‘kon smartfonlar, noutbuklar va ular uchun aksessuarlar savdosi bilan shug‘ullanadi. Unda ta’kidlanishicha, tovarlar «birinchi qo‘l» sifatida – bevosita ishlab chiqaruvchining o‘zidan olib kelinadi. Buning esa kamida ikkita ijobiy jihati bor: avvalo, «birinchi qo‘l» bo‘lgani uchun narxlari juda yuqori bo‘lmaydi. Qolaversa, mahsulotning originalligi kafolatlangan bo‘ladi.

O‘QING: Samsung smartfon va planshetlarining originalligini aniqlaymiz (+videoqo‘llanma)

E’londa ko‘rsatilishicha, yangi ochilayotgan bu do‘kon Samsung, Apple, Huawei, Meizu, LG, Xiaomi hamda Lenovo kabi brendlar bilan hamkorlik qiladi. Bular esa O‘zbekiston bozorlaridagi eng xaridorgir smartfon va noutbuklarning ishlab chiqaruvchilaridan hisoblanadi.

Hozircha ushbu do‘konning nomi ham, ochilish sanasi ham ma’lum emas. Bu boradagi yangiliklardan birinchilar qatorida bahramand bo‘lish uchun bizdan uzoqlashmang!

O‘QING: Eng ishonchli noutbuksozlar reytingi e’lon qilindi

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!