Kutilmagan video: Galaxy S10 taqdimotidan naq bir yil avval Samsung uni «bexosdan» ko‘rsatgan ekan!

  •   DiMaX
  •  3708
  •  21.05.2018 12:30

Kutilmagan video: Galaxy S10 taqdimotidan naq bir yil avval Samsung uni «bexosdan» ko‘rsatgan ekan!

Janubiy koreyalik texnogigantning navbatdagi flagman smartfoni – Galaxy S10 haqida bir-biridan qiziq ma’lumotlar uchrab turibdi. Jumladan, unda barmoq izini skanerlovchi ilg‘or ultratovushli datchik bo‘ladi, bu sensor displeyga ham o‘rnatilgan bo‘lishi mumkin.

O‘QING: Galaxy S10: "rekordchi flagman" hayratga soladi

Hozircha bu qurilmaning dizayni bo‘yicha aniq faktlar yo‘q, ammo kuni kecha chiqqan bir ma’lumot ko‘pchilikni hayratga soldi. Gap shundaki, Samsung joriy yilda taqdim etilgan Galaxy S9 flagmanining taqdimot videosini chiqargandi. Shu lavhadagi bitta g‘ayrioddiy detalga foydalanuvchilar endigina e’tibor berishibdi. Ya’ni, slaydlardan birida Galaxy Note 8 fableti boshqa bir noma’lum smartfon bilan birga ko‘rsatilgan.

Quyidagi kadrda mazkur fablet pastki chap burchakda, noma’lum Samsung smartfoni esa yuqori chap burchakda ko‘rinib qolgan:

Yon tomonlaridan va pastidan romsiz ekranga ega mazkur gadjet aynan Galaxy S10 modeli bo‘lishi mumkin, deyishmoqda kuzatuvchilar.

O‘QING: To‘rt kamerali, «kemtik»siz va romsiz ekranli Galaxy S10 videosini tomosha qilamiz

Mana, yirik planda ko‘rganda bu yanada yaqqolroq namoyon bo‘ladi:

Kuzatuvchilar bu masala bo‘yicha ikki xil fikrdalar. Ayrimlarning fikriga ko‘ra, Samsung bu lavhada bilmasdan Galaxy S10 flagmanini oshkor etib qo‘ygan. Qolganlar esa, buni shunchaki dizaynerlar xatosi, deb hisoblashmoqda.

Mana, shu videolavhani to‘liq tomosha qilamiz:

Taxminlarga ko‘ra, Galaxy S10 modelining namoyishi an’anaviy vaqtdan sal oldinroqqa surilishi mumkin.

O‘QING: Galaxy S10 doimgidan ertaroq chiqadi. Bunga jiddiy va quvonchli bir sabab bor!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!