Kvadrokamerali va 7000 mAs batareyali hamyonbop Galaxy M12 sertifikatsiyadan o‘tdi

  •   DiMaX
  •  3939
  •  05.12.2020 12:21

Kvadrokamerali va 7000 mAs batareyali hamyonbop Galaxy M12 sertifikatsiyadan o‘tdi

Avvalroq Galaxy A12 smartfoni Geekbench servisida imtihon topshirgan va Samsung rasmiy saytiga chiqqan edi. Insayderlarga ko‘ra, uni ba’zi mamlakatlar bozoriga Samsung Galaxy M12 modeli sifatida taqdim etishadi.

O‘QING: Yangi hamyonbop – 7000 mAh batareyali Samsung smartfonini har tomonidan tomosha qilamiz!

Samsung kompaniyasi ushbu gadjetini allaqachon Bluetooth SIG hamda Wi-Fi Alliance tashkilotlarida sertifikatsiyadan o‘tkazdi, deyishmoqda insayderlar. Galaxy M12 ularning ma’lumotlar bazalarida SM-M127F va SM-M127G kodli raqamlari ostida qayd etilgan.

Kompaniya uni qadog‘idanoq eng yangi – Android 11 operatsion tizim talqini bilan chiqaradi.

O‘QING: Samsung smartfon va planshetlariga Android 11 (One UI 3.0) kelishining rasmiy yo‘l xaritasi

Sertifikatsiya ma’lumotlariga qaraganda, Galaxy M12 modeli 2,4 GGs diapazonidagi Wi-Fi hamda Bluetooth 5.0 interfeyslariga ega.

Mish-mishlarga ko‘ra, bu smartfon diagonaliga 6,55 dyuymlik Infinity-V displey bilan jihozlangan. Uning bosh kamerasi to‘rttalik; eng kuchli jihatlaridan biri esa naq 7000 mA/soatlik akkumulyatoridir.

O‘QING: Master Lu’dan ikkita reyting: Noyabrda chiqqan eng qudratli hamda eng ravon ishlovchi smartfonlar

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!