Mars sayyorasida muz bloklari qayerdan paydo bo‘ldi?

  •   Saroy
  •  1064
  •  10.07.2018 12:14

Mars sayyorasida muz bloklari qayerdan paydo bo‘ldi?

NASA Mars sayyorasining yangi suratini e’lon qildi. Unda sayyoraning shimoliy qutbli qatlamlari ko‘rinib turibdi. Rasmdagi ko‘plab unchalik katta bo‘lmagan nuqtalar koinotshunoslarning bashini ancha vaqt qotirdi. Keyin ma’lum bo‘lishicha, ular muz bloklari ekan. Qizig‘i shundaki, ular vaqt o‘tgan sayin ko‘paymoqda.

O‘QING:SpaceX tarixda ilk bor 1 raketani 2 marta fazoga uchirishga erishdi

Surat  Mars Reconnaissance Orbiter (MRO) sayyoralararo stansiyasi yordamida olingan. Ushbu stansiya  Mars orbitasiga  2005 yilda jo‘natilgan edi. U ko‘plab ilmiy jihozlar, apparatlarni olib bormoqda. Ushbu texnikalar yordamida Marsning relefi, minerallar va muz  qatlamini tahlil qiladi. Olimlar ushbu tahlillar natijasida meteorologiya haqida qimmatli ma’lumotlar oladilar, sayyora yuzasi o‘rganilib, qo‘nadigan joy tanlab olinadi.

O‘QING:Quyosh tizimidagi sayyoralarga qancha vaqtda yetib borsak bo‘ladi?