Mashhur insayder Huawei P20 flagmanlarining dizaynini to‘liq fosh etdi!

  •   DiMaX
  •  1484
  •  09.03.2018 13:12

Mashhur insayder Huawei P20 flagmanlarining dizaynini to‘liq fosh etdi!

Huawei kompaniyasi 27 martda biryo‘la uchta smartfonini – P20, P20 Lite hamda P20 Pro modellarini taqdim etmoqchi ekanidan xabaringiz bor. Ular tashqi ko‘rinishidan bir-biriga juda o‘xshash, ammo texnik xususiyatlari bo‘yicha farq qiladi.

O‘QING: Uch modulli kameraga va «o‘yiq»li ekranga ega Huawei P20 ilk rasmiy reklama posterida ko‘rsatildi

Bugun taniqli insayder Evan Blass (@evleaks) Huawei’ning barcha uchta modeldagi yangi smartfonlariga bag‘ishlab matbuot uchun tayyorlangan suratlarni oshkor etdi.

Huawe P20

Ko‘rinib turibdiki, Huawei ham ko‘pchilik smartfonsozlar qatori iPhone X dizaynidan ilhom olgan. Bu holat yangi flagmanlarning ekrani tepasidagi «kemtik»da hamda asosiy kamera modullarining tikka joylashganida namoyon bo‘lgan.

Huawe P20 Lite

Faqatgina Huawei P20 Pro flagmanining alohida o‘ziga xosligi bor – bosh kamerasi ikki emas, balki naq uchta ob’yektivga ega. Smartfonning bu modullari qanday qo‘llanishi hozircha aniq emas, lekin taxminlarga ko‘ra, ulardan uchinchisi asosiy ikkitasidan alohida ishlaydi.

Huawei P20 Pro

Shuningdek, Huawei P20 Pro modeli g‘ayrioddiy – rangi boshdan-oyoq bir xil bo‘lmagan versiyada ham chiqariladi:

Darvoqe, ayrim xabarlarga ko‘ra, mazkur turkumda uchta emas, balki to‘rtta smartfon taqdim etilishi mumkin. Demak, bunga aniqlik kiritish uchun 27 mart kuni Parijda bo‘lib o‘tadigan taqdimot marosimini kutamiz endi!

O‘QING: Huawei P20 turkumidagi to‘rtinchisi eng qimmat smartfon bo‘ladi!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!