MEIZU 16 va MEIZU 16 PLUS: yilning eng yengil, eng yupqa va eng kuchli flagman smartfonlari

  •   Saroy
  •  1665
  •  13.08.2018 12:02

MEIZU 16 va MEIZU 16 PLUS: yilning eng yengil, eng yupqa va eng kuchli flagman smartfonlari

MEIZU kompaniyasi o‘zining MEIZU 16 va MEIZU 16 PLUS flagman qurilmalarini taqdim etdi. Bu haqda ommaviy axborot vositalarida, jumladan Terabayt.uz saytida ham ma’lum qilindi. Endi mazkur qurilmalarning texnik imkoniyatlari bilan bog‘liq yangiliklar ham ketma-ket berib borilmoqda. Ushbu xabarlarning navbatdagisi yangi qurilmadagi barmoq izlari skanerining ekranda joylashgani haqida bo‘ldi.

O‘QING:Meizu faqat 2017 yilda va undan keyin chiqarilgan smartfonlarida qobiqni yangilamoqda

Bu galgi model dizayni «soyabonsiz» va boshqa ohangjamolarsiz chiqqanini ta’kidlash joiz. Smartfonlardagi yana bir yangilik, uning   nusxalash skanerining ekranda joylashgani bo‘ldi, qolaversa apparatlar mEngine 2.0 yangi texnologiyasi va chipni sovutishning suyuqlikli tizimi bilan ta’minlandi. Ishlab chiqaruvchining ma’lum qilishicha, yangi qurilma  MEIZU 15  ga qaraganda 1,5 barobar samarali ishlaydi. Chunki unning protsessori flagmanchasiga bo‘ldi, ya’ni Snapdragon 845, tezkor xotirasi LPDDR4X va ichki xotirasi UFS 2.1.

O‘QING:Bo‘lajak "super-hit" - Meizu kuchli flagmanlarni taqdim qildi!

MEIZU 16’ning oddiy versiyasi 2160x1080 pikselli formatga ega 6-dyuymli SAMOLED displeyi bilan ta’minlangan,  PLUS esa  6,5-dyuymlisi bilan. Datchiklar va 20-megapikselli old kamerani ekran qirqmasidan foydalanmasdan joylashtira olgan. Shu bilan birga, smartfonning displeyi qurilma old maydonining  91,18 foizini egalladi, rom kengligi esa atigi 0,93 mm. MEIZU 16 yilning eng yengil va eng yupqa flagmani bo‘ldi desak adashmaymiz. Chunki uning og‘irligi bor-yo‘g‘i  152 gramm, qalinligi esa 7,3 mm.

O‘QING:Meizu 16X: endi Qualcomm Snapdragon 710 protsessorida ishlaydi

Ikkitalik asosiy kamera optik barqarorlashtiruvchi  12+20 Mp modul bilan jihozlandi. Kameraning ishlashini II FLYME AI tizimi nazorat qiladi, u barcha yangi intellektual funksiyalarga ega. MEIZU 16 sig‘imi   3010 mAch bo‘lgan akkumulyator,  MEIZU 16 PLUS esa  3640 mAch sig‘imli akkumulyator bilan ta’minlangan. Tez quvvatlantiruvchi texnologiya gadjetni 30 daqiqa ichida  67 foizgacha quvvatlantira oladi. Afsuski,   qurilmalarda NFC moduli yo‘q.

MEIZU 16 uchta xotira konfiguratsiya bilan taqdim etildi. Ular: 6+64 GB, 6+128 GB va 8+128 GB, MEIZU 16 PLUS esa, 6+128 GB, 8+128 GB va 8+256 GB. Qurilmalar ikki rangdagi korpusda sotuvga chiqadi, ya’ni qora va oq rangda.

O‘QING:Hammasi rejadagidek: Meizu 16 flagmani GeekBench testidan o‘tdi

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.