Meizu Note 8 namoyish qilindi: Xiaomi Mi A2 Lite’ga raqobatchi bo‘lmoqchi

  •   Saroy
  •  1084
  •  26.10.2018 10:46

Meizu Note 8 namoyish qilindi: Xiaomi Mi A2 Lite’ga raqobatchi bo‘lmoqchi

Avval xabar qilganimizdek, Xitoyda unchalik qimmat bo‘lmagan  Meizu Note 8 smartfonining anonsi e’lon qilindi. U o‘tgan yili xit darajada sotilgan M6 Note smartfonining o‘rnini egallaydi. 

Meizu Note 8 6 dyuymli, tomonlar nisbati 18 ga 9 bo‘lgan va 2.5D- shisha bilan yopilgan displeyga ega. Bu formati 2160x1080 pikselli IGZO-panel bo‘lib, yorqinligi 450 kd/m² gacha. Ishlash tezligini sakkiz yadroli Snapdragon 632 protsessori ta’minlaydi. Uning takt chastotasi 1.8 GGs va Adreno 506 grafikasi bilan. Hozircha faqat bitta versiyasi haqida ma’lum qilingan. Uning tezkor xotirasi 4 GB va ichki xotirasi 64 GB. microSD va sim kartasi uchun gipridli kartochkasi ham bor.

Asosiy kamerasi ikkitalik: 12 megapikselli modul (Sony IMX362 Dual Pixel texnologiyasi bilan) 5 megapikselli modul bilan birgalikda ishlaydi va f/1.9 optikasidan foydalanadi. Selfi-kamera 8 megapikselli, f/2.0 diafragmasi bilan.  AcrSoft algoritmi va yuzni tanish funksiyasini qo‘llab quvvatlaydi.

O‘QING: Meizu Note 8: flagman shu oyda namoyish etiladi

Smartfon hamma yog‘i metaldan qilingan korpus ichida bo‘ladi hamda yelkasida barmoq izlari skaneri ham bor. Yangi qurilma to‘rt rangda chiqadi, moviy, qora, qizil va siren rangida. Akkumulyator sig‘imi 3600 mAch. Ishlab chiqaruvchining ma’lum qilishicha, yangi apparat avvalgi Meizu M6 Note bilan bir darajada. Faqat Meizu M6 Note’da batareya sig‘imi 4000 mAch edi. Ammo bu ma’lumotlarni hali amalda sinab ko‘rish lozim bo‘ladi. Qurilmada quvvati 18 Vt bo‘lgan mCharge tezkor zaryadkasi ham qolgan, ammo porti hamon o‘sha Micro USB.

O‘QING: Bunisi boshqacha: Meizu Note 8 taqdimotiga taklifnoma bilan birga nimcha ham tarqatildi

Model Android 8 Oreo bazasida Flyme 7 qobig‘i bilan taqdim etiladi. Jest orqali boshqaruvni ham qo‘llab quvvatlaydi. NFC’ni o‘rnatishmagan. Ikkidiapazonli Wi-Fi, Bluetooth 4.2 moduli va GPS mavjud.

Xitoyda Meizu Note 8 noyabrdan boshlab savdoga chiqariladi, narxi taxminan 187 dollar. Konfiguratsiyasi qariyb bir xil bo‘lgan  Xiaomi Redmi 6 Pro ham taxminan shuncha turadi. Ammo raqobatchilarda yanada kuchliroq akkumulyator va alohida  microSD sloti bilan. Shunga qaramay, arzon Meizu yanada yangi chipga ega bo‘ldi, korpusi plastiksiz va ekranida qirqmasi yo‘q. Xalqaro bozorda Meizu Note 8 shu yilning oxirida chiqariladi.

O‘QING: Meizu’ning noma’lum yangi smartfoni testdan o‘tdi

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.