Meizu «selfibop» yubiley smartfonlarining taqdimot kunini aytdi

  •   DiMaX
  •  822
  •  09.04.2018 10:50

Meizu «selfibop» yubiley smartfonlarining taqdimot kunini aytdi

O‘z qurilmalarida ajoyib sifat va narx uyg‘unligini ta’minlay olgan xitoylik kompaniya – Meizu bu yil o‘n besh yilligini nishonlamoqda. Shunga bag‘ishlab u Meizu 15 smartfonlar turkumini taqdim etishni rejalashtirgan.

O‘QING: Meizu'ning yubiley smartfoni iPhone X'dan zo‘r!

Meizu 15 smartfonlari haqida deyarli hamma ma’lumotlar, hatto ularning «jonli» suratlari ham chiqib bo‘lgan. Hatto bu turkum bilan bir qatorda, undan keyingi avlod – Meizu 16 turkumi flagmanlari ham tayyorlanayotgani ma’lum.

Eslatib o‘tamiz, yubiley smartfonlari turkumi Meizu 15, Meizu 15 Plus hamda Meizu 15 Lite modellaridan iborat. Bulardan dastlabki ikkitasi Snapdragon 660 bazasida ishlaydi va tegishlicha 5,5 hamda 6 dyuymlik ekranlar bilan ta’minlanadi.

O‘QING: Meizu’ning yubiley smartfoni ham uch xil versiyada chiqadi!

Kuni kecha ma’lum bo‘lishicha, ushbu smartfonlar seriyasining taqdimot tadbiri 22 aprelga belgilangan. Bu haqdagi rasmiy tizer Xitoyning Weibo ijtimoiy tarmog‘ida tarqatilgan.

Ushbu ma’lumotni tarqatgan manbaning ta’kidlashicha, Meizu 15 turkumidagi har uchala smartfon naq 20 megapikselli old kamera bilan ta’minlangan. Bu esa zamonaviy foydalanuvchilarning, ayniqsa selfi olishni xush ko‘ruvchi yoshlarning talab va istaklariga mos kelishi tabiiy.

Meizu 15 smartfonlarining bozorga qachon chiqarilishi va narxi haqida hozircha aniq ma’lumot yo‘q. Lekin uning sotuvga chiqarilgan ko‘plab modellari O‘zbekiston bozorlarida ham topiladi.

O‘QING: MDC, Meizu, OnePlus, Alcatel va Mandalina smartfonlari narxlari – xaridingiz O‘zbekiston bo‘ylab yetkazib beriladi! (2018 yil 7 aprel)

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.