Meizu X8 endi Snapdragon 710 bilan ta’minlandi

  •   Saroy
  •  952
  •  22.06.2018 18:44

 Meizu X8 endi  Snapdragon 710 bilan ta’minlandi

Meizu kompaniyasi bir kristalli Qualcomm tizimi bazasidagi smartfonlar assortimentini ko‘paytirishni davom ettirmoqda.  Amerika chipmeykerining protsessori bilan jihozlangan yangi smartfon Meizu X8, deb ataladi. Ushbu modelning ishlab chiqarilayotgani haqida kuni kecha kompaniyaning bosh direktori Xuan Chjan (Huang Zhang)ning o‘zi ma’lum qildi.

O‘QING: Meizu 15 Lite Terabayt.uz’da sinovdan o‘tmoqda

Snopdragon 710 — bu, Qualcomm’ning 2018 yilda chiqargan yangi chipsetlaridan biri hisoblanadi. Mikrosxema 10 chi  texprotsess bo‘yicha ishlab chiqariladi va u sakkizta 64-razryadlik hisoblagich Kryo 360 yadrosiga ega bo‘lib,   2,2 GGs chastotasida ishlaydi. Grafiklarni qayta ishlashga  Adreno 616 kontrolleri javob beradi. Bundan tashqari, chip tarkibiga  ma’lumotlarni 800 Mbit/s. tezligida yuklaydigan LTE-modem X15 ham kiritilgan.

Kompaniya rahbari Meizu X8 haqidagi boshqa ma’lumotlarni aytmadi, lekin model haqiqatan ham ishlab chiqarilayotgan bo‘lsa, demak biz u haqda tez orada bilib olamiz.

O‘QING: Meizu 16 va 16 Plus: narxlar flagmanchasiga bo‘ladi

Shuni ham eslatib o‘tish joizki, o‘tgan hafta tarmoq manbalari Meizu 16 smartfonlar oilasining batafsil tavsifi bilan tanishtirgan edi. Mazkur smartfonlar yozning so‘nggi kunlari sotuvga chiqishi rejalashtirilgan.