Meizu X8 smartfoni: narxi ma’lum bo‘ldi, raqibi ham

  •   Saroy
  •  2324
  •  27.06.2018 17:13

Meizu X8 smartfoni: narxi ma’lum bo‘ldi, raqibi ham

So‘nggi paytlarda Meizu rahbari Xuan Syuchjan Xitoy jamoatchiligi bilan faol muloqot qilishga kirishib ketdi va ayni paytda kompaniyaning yaqin kelajakdagi rejalari bilan o‘rtoqlashmoqda. Ana shunday muloqotlar natijasida  yaqin orada Meizu X8 smartfoni chiqarilayotgani haqida ma’lum qilindi, hatto uning asosiy raqobatchisi qaysi smartfon bo‘lishi haqida ham ochiq aytilmoqda. U ham bo‘lsa — Xiaomi Mi 8 SE.

O‘QING: Meizu 16 haqida yangiliklar bor

Xabarda aytilishicha, Meizu X8 modeli Xiaomi modeliga qaraganda anchayin ilg‘or funksiyalar bilan ta’minlanadi. Bu yerda chipsetning ahamiyati yo‘q — ikkala apparat ham sakkizyadroli Snapdragon 710 da ishlaydi. Ehtimol, Meizu xotira sig‘imini kengaytirar yoki  apparatga qandaydir qiziqarli funksiya qo‘shishi mumkin. Ekranda barmoq izlari skaneridan umid qilmasa ham bo‘ladi, lekin kamera va dezayn bilan tajriba qilsa bo‘ladi. Smartfonning displeyi raqibinikidan katta bo‘ladi,  deyiladi xabarda.

Xuan Syuchjanning qo‘shimcha qilishicha, Meizu X8 303 dollardan oshmasligi kerak. Esga olingan, o‘sha  Xiaomi Mi 8 SE Xitoyda 275 dollardan  303 dollargacha turadi.

O‘QING: Meizu 16 va 16 Plus: narxlar flagmanchasiga bo‘ladi

Meizu X8 smartfonlarning yangi  X-seriyasini ochib beradi, kutilayotgan model eski  MX lineykaning o‘rniga kelishi kutilmoqda.