MI 6X smartfoni Xiaomi muxlislarining hafsalasini pir qiladi

  •   DiMaX
  •  3904
  •  02.04.2018 14:36

MI 6X smartfoni Xiaomi muxlislarining hafsalasini pir qiladi

«Xitoycha Apple» bir vaqtning o‘zida flagman hamda o‘rta va quyi narx toifalariga mansub smartfonlari ustida ishlamoqda. Jumladan, kuni kecha TENAA tashkiloti bazasida Xiaomi Mi 6X telefoniga oid ma’lumotlar paydo bo‘lgan edi.

O‘QING: Qo‘sh kamerali, hamyonbop Mi 6X ro‘yxatga olindi

Endi internet tarmog‘ida ushbu qurilmaning bir qator yangi xususiyatlari haqidagi ma’lumotlar tarqaldi. Ammo ular Xiaomi kompaniyasi fanatlarini unchalik ham xursand qilmasa kerak.

Gap shundaki, bu smartfonga Snapdragon 626 platformasi o‘rnatilar ekan. Kuzatuvchilar buni «orqaga qadam» deya baholashmoqda. Zero, kompaniyaning bundan quyi toifaga mansub Redmi Note 5 Pro modeliga ham bundan kuchliroq Snapdragon 636 protsessori joylanmoqda.

Qolgan jihatlariga keladigan bo‘lsak, Xiaomi bu gadjetiga diagonali olti dyuymlik, Full HD+ formatli displey o‘rnatadi. Mi 6X modelining tezkor xotirasi 4, doimiy flesh-xotirasi esa 64 gigabayt hajmga ega. Uning qo‘shaloq asosiy kamerasi 20 + 8 megapikselli modullarga ega, ularning diafragmasi mos tarzda F/2.0 hamda F/1.8 ko‘rsatkichlarga ega. Selfilar uchun unga 20 megapikselli old kamera joylanadi.

Aytib o‘tish o‘rinliki, an’anaga ko‘ra, Xiaomi Mi A2 smartfoni ham Mi 6X modeli bilan bir xil bo‘ladi. Faqat birinchisi xalqaro bozor, ikkinchisi ichki bozor uchun mo‘ljallangan. Mi A2 modelida Android 8.1 tizim talqini o‘rnatilishi aytilayotir, Mi 6X uchun esa uning MIUI grafik qobig‘idagi talqini tanlanadi.

O‘QING: Mi A2: Xiaomi'dan yangi bestseller -- narxi va jihatlari!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!