Mi Gaming Mouse: Xiaomi geymer sichqonchalarini namoyish qildi

  •   Saroy
  •  937
  •  08.06.2018 15:59

Mi Gaming Mouse: Xiaomi geymer sichqonchalarini namoyish qildi

Eng arzon sichqonchasini sotuvga chiqargandan keyin, Xiaomi kompaniyasi yanada ilg‘or va qimmatroq o‘yin modeli — Mi Gaming Mouse bilan shug‘ullanishni boshladi. 

O‘QING: EKSKLYuZIV: Xiaomi Mi Mix 2S bugundan Asaxiy.uz’da sotuvga chiqyapti! Narxi va xarid shartlari bilan tanishing

Yangi qurilma simli va simziz ulanishi mumkin. Xiaomi Mi Gaming Mouse optik sensorli 7200 DPI formatda, Yuqori tezligi 150 IPS va tezlashtirilgan 30G’ga ega bo‘ladi. Yuqorida DPI yoqib o‘chirgich  ikkita tugmasi bor, chap chekkasida  — ikkita dasturlashtirilgan tugma va «snayper» rejimi tugmasi bor. Unda nishonni yanada aniq olish uchun sichqonchaning sezish qobiliyati pasayadi. Orqadagi polosa va aylantirgich g‘ildiragi RGB-yorug‘lik chirog‘i bilan jihozlangan, to‘rtta rejimda ishlaydi. Teflon oyoqchalari sirpanish imkoniyatini oshiradi.

Xiaomi Mi Gaming Mouse’ning Xitoy bozoridagi narxi 39 dollar atrofida bo‘ladi. Kompaniyaning Mi Gaming Headset  o‘yin garniturasi va Mi Geek Shoulder Bag ryukzagi ham bor. Ular haqitan ham Mi Gaming Laptop o‘yin noutbuklari uchun juda yarashadi.

O‘QING: Xiaomi Mi Band 3 sotuvga chiqdi – barcha xususiyatlarini bilib oling va unga buyurtma bering!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!