Muhtasham Huawei P20: uch modulli kameraga ega flagmanning ilk suratlarini tomosha qilamiz!

  •   DiMaX
  •  1306
  •  05.02.2018 12:04

Muhtasham Huawei P20: uch modulli kameraga ega flagmanning ilk suratlarini tomosha qilamiz!

2017 yilda smartfonsozlikda kameralarning qo‘sh ob’yektivli bo‘lishi urfga kirgan bo‘lsa, hammadan oldin Huawei bundan ham o‘zib, uchta datchikka ega kamerali flagman tayyorlashga kirishdi. Biroq kompaniya shu paytgacha mazkur telefonning suratini ham namoyish etgani yo‘q.

O‘QING: Huawei P20 – dunyodagi eng qudratli fantastik smartfon bo‘ladi

Shunday bo‘lsa-da, Huawei kompaniyasining bu flagmani xususida ko‘plab mish-mishlar, konsept suratlar tarqalgan.

Xitoylik korporatsiya joriy yilning 27 mart sanasiga taqdimot marosimini rejalashtirgan. Aftidan, bu tadbirda u o‘sha – barcha ko‘z tikib kutayotgan Huawei P20 (yoki P11) flagmanlarini namoyish etmoqchi.

O‘QING: Huawei P11 (P20) taqdimot sanasi va joyi tasdiqlandi, ammo bu MWC 2018 emas!

Yangi flagmanning asosiy «fishka»si, yuqorida ta’kidlanganidek, bosh kamerasining uch modulli bo‘lishidir. Internetda buni tasdiqlovchi suratlar tarqaldi – ular ushbu smartfon uchun g‘ilof tayyorlovchi kompaniyadan «sizib» chiqqan.

Biroq internetda birdaniga bu flagmanning bir nechta rasmi tarqaldi. Ulardan birida ekran qurilmaning old yuzasini butkul qoplagan, ikkinchisida esa displeyning yuqorisi va pastida romlar, shuningdek, barmoq izi skaneriga ega tugmacha ham mavjud. Tahlilchilar fikricha, shu ikkinchi varianti haqiqatga yaqinroq.

Biroq flagman uchta talqinda taqdim etiladigan bo‘lsa, mazkur suratlar ularning shu turli modifikatsiyalariga tegishli bo‘lishi ham mumkin.

O‘QING: Huawei’ning navbatdagi flagmani uch xil talqinda chiqadi va u P11 emas ekan!

Uchta datchikli asosiy kamera qanday ishlashi hozircha ma’lum emas. Huawei’ning shu paytgacha taqdim etilgan zamonaviy flagmanlarida ikkinchi – oq-qora modul tasvirning hamda optik zumning sifatini yaxshilash uchun qo‘llanadi.

Shuningdek, P20 modelining old kamerasi ham qo‘sh sensorli bo‘lishi aytilayotir. Flagman Huawei’ning o‘z ishlanmasi – sun’iy idrok tizimi bilan ta’minlangan Kirin 970 protsessori bilan jihozlanadi.

O‘QING: Huawei muxlislari uchun yoqimli sovg‘a tayyorlandi

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!