Nihoyat, MIUI 9 barqaror talqinini barcha qurilmalarga yuklab olish mumkin

  •   DiMaX
  •  1503
  •  14.03.2018 08:28

Nihoyat, MIUI 9 barqaror talqinini barcha qurilmalarga yuklab olish mumkin

Barqaror MIUI 9 proshivkasining yakuniy talqini o‘tgan yilning noyabr oyidayoq tarqatila boshlagan edi. Nihoyat, u endi barcha mos keluvchi mobil aloqa qurilmalari uchun taqdim etildi. Ushbu proshivkada foydalanuvchilar uchun bir qator yangi qulayliklar mavjud.

O‘QING: Xiaomi smartfonlari uchun MIUI 9’ning yangi versiyasidagi o‘zgarishlarning to‘liq ro‘yxati

«Xitoycha Apple»ning Hindistondagi ofisi rahbari Manu Kumar so‘zlariga ko‘ra, ayni damda umumiy hisobda 50 dan ortiq modeldagi smartfonlar va planshetlar proshivkasini yangilab olish mumkin.

MIUI 9 yangilanishining yakuniy to‘lqini Xiaomi’ning 18 ta rusumdagi smartfonlariga tegishli. Bular quyidagilardir: Redmi 2/Prime, Redmi 4A, Redmi Note Prime, Mi 4i, Redmi 3S/Prime, Redmi Note 4G, Redmi 1S, Redmi Note 3, Mi 3, Mi 4, Mi Max/Prime, Redmi Y1/Y1 Lite, Redmi 4, Mi Max 2, Redmi Note 4 hamda Mi Max 2.

Serverlarga katta yuk tushishining oldini olish maqsadida, ushbu apdeyt hududlar va modellar bo‘yicha bosqichma-bosqich tarqatilmoqda. Agarda sizning Xiaomi qurilmangizga ham navbat kelsa, bu haqda MIUI 9’ni «havo orqali» yuklab olish haqida bildirishnoma keladi. Bordiyu bildirishnoma kelmasa, shunchaki yangilanishlarni o‘zingiz tekshirib ko‘ring. Yoki uni mana bu havola orqali kompaniya saytining tegishli bo‘limidan yuklab olishingiz ham mumkin.

Aytish kerakki, Xiaomi kompaniyasi allaqachon o‘z qurilmalari uchun MIUI grafik qobig‘ining navbatdagi talqini ustida ishlamoqda.

O‘QING: Ilg‘or MIUI X tizimiga ega bo‘ladigan Xiaomi'lar ma’lum bo‘ldi

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!