Nihoyat, Samsung romsiz Galaxy A6 va A6+ smartfonlarini rasman taqdim etdi

  •   DiMaX
  •  5141
  •  02.05.2018 16:46

Nihoyat, Samsung romsiz Galaxy A6 va A6+ smartfonlarini rasman taqdim etdi

Keyingi paytlarda eng ko‘p tilga olingan va taqdimoti kutilgan smartfonlar – janubiy koreyalik gigantning Galaxy A6 hamda Galaxy A6+ modellaridir. Nihoyat, Samsung ushbu o‘rta narxli gadjetlarning rasmiy namoyishini o‘tkazdi.

O‘QING: Bunaqasi bo‘lmagan: Galaxy A6 smartfonidan avval uning videoqo‘llanmasi chiqdi!

Galaxy A seriyasining bu ikki yangi modeli yaxshi texnik xususiyatlarga ega. Ularning asosiy o‘ziga xosligi – tomonlarining o‘zaro nisbati noodatiy bo‘lgan katta Super AMOLED-displeyi, operatsion tizimning zamonaviy – Android 8 versiyasi hamda NFC moduliga ega ekanligidir.

Mazkur ikki model tashqi ko‘rinishidan o‘zaro o‘xshab ketadi, ammo muayyan farqlari mavjud. Jumladan, korpus o‘lchamlari tegishlicha 149,9x70,8x7,7 hamda 160,2x75,7x7,9 millimetrni tashkil etadi. Ulardan «kichkina»si 5,6 dyuymlik displeyga ega bo‘lsa, «plyusli» talqinida ekran diagonali 6 dyuymga teng. Har ikkalasining ham ekrani cho‘zinchoq – tomonlari o‘zaro 18,5:9 nisbatda bo‘lib, yon tomonlari romsiz.

Tabiiyki, Galaxy A6 hamda A6+ devayslari «ichki dunyosi»ga ko‘ra ham bir-biridan farq qiladi. Birinchisining protsessori 1,6 GGs takt chastotasida ishlaydi, Galaxy A6+ modelida esa bu ko‘rsatkich 1,8 GGs.gacha oshirilgan. Akkumulyatorlarining tok sig‘imi ham o‘zgacha: Galaxy A6 smartfonida u 3000 mA/soatga teng bo‘lsa, uning «akasi» 3500 mA/soatlik batareya bilan «qurollangan».

O‘QING: Bunaqasi bo‘lmagan: naq 16000 mA/soatlik akkumulyatorga ega smartfon!

Har ikkala smartfon orqa penalida daktiloskopik datchik joylashgan. Ular Wi-Fi 802.11n (2,4 va 5 GGs) hamda Bluetooth 4.2 adapterlari, microUSB portlari, LTE Cat.6 modemi hamda NFC moduli bilan ta’minlangan. Gadjetlar Dolby Atmos (faqat quloqchin orqali tinglashda), Bixby Vision, Bixby Home, Bixby Reminder hamda Samsung Pay texnologiyalarini qo‘llab-quvvatlaydi.

Ikkita yangi smartfonning tashqi ko‘rinishidagi farqlar korpusning orqa qopqog‘ida ko‘proq namoyon bo‘ladi. Galaxy A6 orqa qopqog‘ida f/1.7 diafragmali, 16 megapikselli yakka kamera joylashgan, uning old kamerasi ham 16 megapikselli, ammo f/1.9 diafragmali. «Plyusli» yangi smartfonning asosiy kamerasi esa 16 va 5 megapikselli ikkita ob’yektivni o‘z ichiga olgan. Tag‘in bu qo‘shaloq kamera Live Focus rejimini ham qo‘llab-quvvatlaydi, ya’ni unda surat olinganidan keyin ham boke effektini sozlash mumkin. Galaxy A6+’ning old kamerasi yanada kuchli – u 24 megapikselli selfilar olishga qodir!

O‘QING: Galaxy A6 va Galaxy A6+: narxi va texnik jihatlari

Galaxy A6 hamda A6+ smartfonlarining asosiy xususiyatlari Phone Arena nashri tomonidan tayyorlangan quyidagi jadvalda aks ettirilgan:

Samsung hozircha bu qurilmalarning narxlarini ma’lum qilgani yo‘q, faqat ular may oyidayoq sotuvga chiqarilishi aytilgan. Janubiy koreyalik texnogigantning boshqa modellardagi ko‘plab smartfonlariga esa O‘zbekistonda ham rasmiy buyurtma berish mumkin.

O‘QING: Arzonlashgan va O‘zbekiston bo‘ylab BEPUL yetkazib beriladigan Samsung smartfonlari narxlari (2018 yil 26 aprel)

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!