Nihoyat, Xiaomi eng kuchli protsessorli eng arzon flagmanini taqdim etyapti!

  •   DiMaX
  •  4177
  •  13.08.2018 17:46

Nihoyat, Xiaomi eng kuchli protsessorli eng arzon flagmanini taqdim etyapti!

«Xitoycha Apple»ning dunyo smartfon bozoriga chiqish uchun Pocophone brendini ro‘yxatdan o‘tkazgani nisbatan yaqinda ma’lum bo‘lgandi. Ammo hozirgacha ushbu turkumdagi ilk qurilma haqidagi deyarli barcha ma’lumotlar, hatto uning «jonli» suratlariyu videolari ham tarqalib ulgurdi.

O‘QING: Qarshi oling: Xiaomi rasman Poco brendini e’lon qildi

Xullasi kalom, Xiaomi yangi brend ostidagi birinchi – Pocophone F1 smartfonining reklama kampaniyasini boshlab yubordi. Mazkur devays ayni damda eng ilg‘orlaridan bo‘lib turgan Snapdragon 845 chipiga ega eng hamyonbop flagman bo‘lishi kutilmoqda.

Mana, hali bugungina e’lon qilingan reklama tizeriga ko‘ra, yangi smartfon Hindistonda 22 avgust kuni, Poco F1 nomi bilan taqdim etiladi.

O‘QING: AnTuTu’da eng kuchli, ammo arzon flagman – Xiaomi Pocophone F1’ni sinab ko‘rishdi! («jonli» video)

Shuningdek, «Master of speed» – «Tezlik ustasi» shiori bilan ilgari surilayotganiga qaraganda, yangi flagmanning samaradorligi ustun bo‘lishi kerak.

Pocophone F1 avval kutilganidek Yevropada emas, balki Hindistonda taqdim etilar va shu mamlakat bozoriga chiqarilar ekan. Uning narxi haqida hozircha ma’lumot yo‘q, faqat taxminlar bor. Ya’ni, Xiaomi Mi Mix 2S flagmani ayni Hindiston bozorida 430 dollarga sotilayotganini hisobga olsak, Pocophone F1 undan arzonroq bo‘lishi kerak.

O‘QING: Xiaomi Pocophone F1 taqdimotidan avval savdoga qo‘yildi – «jonli» suratlar, to‘liq xususiyatlari va narxi bilan tanishing!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!