Nihoyat, Xiaomi uzoq kutilgan Mi 6X taqdimotiga taklif etdi!

  •   DiMaX
  •  1995
  •  12.04.2018 11:55

Nihoyat, Xiaomi uzoq kutilgan Mi 6X taqdimotiga taklif etdi!

Xiaomi korporatsiyasining Weibo ijtimoiy tarmog‘idagi rasmiy sahifasida noma’lum smartfonning taqdimot tadbiriga taklifnoma e’lon qilindi. Shu paytgacha tarqalgan gap-so‘zlardan kelib chiqsak, bu – aynan Mi 6X modeli bo‘lishi kerak.

O‘QING: Mi 6X taniqli do‘kon katalogida paydo bo‘ldi

Taklifnomada ma’lum qilinishicha, Xiaomi Mi 6X rasmiy namoyishi 25 aprelda, Xitoyning Uxan shahridagi universitetda bo‘lib o‘tadi. Bu – kompaniya bosh direktori Ley Szyun ta’lim olgan o‘quv dargohidir. Taqdimot marosimi haqida hozircha shundan boshqa hech nima ma’lum emas.

Xiaomi Mi 6X modelining texnik xususiyatlari haqida bir-birini rad etuvchi turli xabarlar tarqalgan. Ayrim kuzatuvchilar uni hatto «orqaga qadam» deb ham baholashgan.

O‘QING: MI 6X smartfoni Xiaomi muxlislarining hafsalasini pir qiladi

Biroq so‘nggi ma’lumotlarga qaraganda, Mi 6X modeli metall korpus, diagonali 5,99 dyuymga teng keng ekranli FHD+ ekranga ega. Snapdragon 630 yoki Snapdragon 660 chipi bazasida, 4 yoki 6 gigabaytlik tezkor xotira bilan ishlaydigan ushbu qurilma tezkor xotirasi 32, 64 va 128 gigabaytlik versiyalarda chiqariladi.

Gadjetning qo‘shaloq bosh kamerasi 20 hamda 12 megapikselli Sony IMX376 modullariga ega. Bu yangi smartfonni tayyorlayotib, Xiaomi selfisevarlarni ham xursand qilishni ko‘zlagan – uning old kamerasi naq 20 megapikselli datchikka ega.

Mi 6X smartfoni 2910 mA/soat sig‘imli batareyadan quvvat oladi hamda MIUI grafik qobig‘idagi Android 8.1 Oreo operatsion tizim talqini boshqaruvida ishlaydi. Barmoq izi skaneri korpusning orqa qopqog‘idan joy olgan.

Hozircha mazkur modelning narxi aniq emas, biroq Xiaomi’ning yaqinda taqdim etilgan va oldingi rusumlardagi smartfonlari o‘zimizning elektronika bozorlarida ham sotilmoqda.

O‘QING: Xushxabar: Redmi Note 5 Pro «Malika»ga keldi! Ammo narxi...

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!