Ogoh bo‘ling: «Qora nuqta» Android-messenjerlarni ishdan chiqarmoqda (2 ta video)

  •   DiMaX
  •  1693
  •  07.05.2018 17:23

Ogoh bo‘ling: «Qora nuqta» Android-messenjerlarni ishdan chiqarmoqda (2 ta video)

Keyingi bir necha kunlar mobaynida Android-smartfonlardagi WhatsApp va boshqa messenjerlarni ishdan chiqaradigan bitta xabar tarqalayotgan ekan. Uning ustiga bosilganida, ilova «qotib» qoladi va teginishlarni qabul qilmay qo‘yadi, deb yozadi Androidpolice nashri.

O‘QING: iPhone va Mac’larni bittagina belgi yuborish bilan ishdan chiqarsa bo‘lar ekan!

Aslida esa bu yerda muammo o‘sha xabarning o‘zida yoki undagi muayyan bir matnda emas, balki yirik qora nuqta shaklidagi smaylikdadir.

Mana, o‘zingiz tomosha qiling-da:

Ma’lum bo‘lishicha, bu – smartfon himoyasini buzib kirishning qanaqadir usuli emas ekan. Gap shundaki, Android tizimida matn rendering dvijogi faoliyatini buzuvchi ikki mingtaga yaqin ko‘rinmas belgilar mavjud. Bu, ayniqsa, eski modellardagi qurilmalarda yaqqol seziladi. Pixel 2 singari yangi devayslarda esa, «qotib» qolgan ilova ishini qayta tiklash imkoni mavjud.

O‘QING: Telegram orqali bitta xabar yuborish bilan smartfonni «o‘ldirish» yo‘li topildi

Nega ayrim xabarlar messenjerlarning faoliyatini ishdan chiqarishi haqida Videobloger Tom Skott so‘zlab bergan.

Qisqacha qilib aytganda, bunday xabarning ko‘rinmas qismi maxsus belgilardan iborat bo‘ladi, Unicode ularni ushbu matn chapga yoki o‘ngga tekislanib turishini ko‘rsatish uchun qo‘llaydi. Shu kabi belgilarning maxsus ketma-ketligi esa rendering mexanizmining faoliyatida buzilish kelib chiqishiga sabab bo‘ladi.

Ta’kidlash kerakki, ushbu holatda «qora nuqta» smayligi shunchaki, vahimaliroq ko‘rinishi sababli tanlangan. Uning o‘rniga boshqa istalgan bir tasvir bo‘lishi ham mumkin edi.

O‘QING: Smartfonni "o‘ldiruvchi" xatolaringiz

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!