OnePlus tasodifan raqibining smartfonini reklama qilib yubordi!

  •   DiMaX
  •  1116
  •  09.07.2021 16:02

OnePlus tasodifan raqibining smartfonini reklama qilib yubordi!

«Aslo qotmas» smartfonlari bilan tanilgan OnePlus kompaniyasi kuni kecha qovun tushirdi. Ishlab chiqaruvchining Hindiston bo‘linmasi boshqa kompaniya gadjetining reklama roligini e’lon qilib yubordi.

O‘QING: «Flagmancha» trolling: Huawei o‘z reklamasini Samsung’ning «ustiga ilib» qo‘ydi!

Twitter tarmog‘idagi OnePlus India rasmiy sahifasi e’lon qilgan ushbu videolavha – Samsung Galaxy Note 20 Ultra fabletidagi S Pen stilusining imkoniyatlariga bag‘ishlangan. Tvit ikki soniya o‘tiboq o‘chirilgan, ammo undan skrinshot olib ulgurganlar internetga tarqatib yuborishgan.

Gap aynan nimada ekanini rasman aytishmayapti, ammo, aftidan, bu ikkala kompaniya Hindistonda ijtimoiy tarmoqlarni yuritish uchun bitta agentlik xizmatlaridan foydalanishadi.

Shunga qaramay, OnePlus o‘zini yo‘qotib qo‘ymagan va Samsung kompaniyasiga o‘zining yaqin orada taqdim etadigan smartfoni – OnePlus Nord 2 5G modelini reklama qilishni taklif qilgan. MediaTek Dimensity 1200 protsessori va AMOLED-displeyli bu qurilma 22 iyulda taqdim etiladi.

O‘QING: Eng arzonidan eng zo‘rigacha: Android-smartfonlarning beshta reytingi (AnTuTu, 2021 yil iyun)

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.