O‘zbekistonda ilk bor: Ucell tarmoq qamrovining interfaol xaritasini taqdim etdi!

  •   DiMaX
  •  1829
  •  16.05.2018 16:04

O‘zbekistonda ilk bor: Ucell tarmoq qamrovining interfaol xaritasini taqdim etdi!

Yurtimizda faoliyat yuritayotgan uyali aloqa operatorlari o‘z mijozlariga turli qulayliklar yaratib berishmoqda. Jumladan, Ucell brendi ostida o‘z xizmatlarini taqdim etib kelayotgan «COSCOM» MChJ ham bu borada faollik ko‘rsatayotir.

O‘QING: Ucell Education ta’lim portali ishga tushdi

Ucell kompaniyasi O‘zbekistonda birinchi bo‘lib o‘z rasmiy saytida tarmoq qamrovining interfaol xaritasini joriy etdi, deyiladi operator saytidagi xabarda. Interfaol xarita kengroq funksiyalarga egaligi bilan statik xaritalardan ajralib turadi. Uning asosiy afzalliklaridan biri – masshtablashtirish, xaritaning istalgan qismidagi detallarni kattaytirib va kichraytirib ko‘rish imkonidir.

Shuningdek, xarita Ucell’ning 2G, 3G va 4G tarmoqlari qamrov hududlarini bir vaqtning o‘zida yoki alohida-alohida ko‘rish imkoniyatini ham qo‘llab-quvvatlaydi. Buning evaziga abonentlar tarmoq qamrovini mittituman (mikrorayon)largacha aniqlikda ko‘rish imkoniga ega bo‘ladilar. Qolaversa, interfaol xarita hududlarni shaharlar nomi bo‘yicha ham qidirish funksiyasini ham qo‘llab-quvvatlaydi.

O‘QING: Ucell’ning «Musiqiy bahor» aksiyasi: Zvooq ilovasida sifatli musiqalardan bepul bahra oling! (+video)

Xabarda aytilishicha, Ucell’ning ushbu xizmati tobora takomillashib, yangilanib va yanada qulaylashib boradi. Ayni damda 2018 yilning mart oyi holatiga ko‘ra ko‘rsatilgan interfaol xaritani ko‘rish uchun mana bu havola orqali o‘tish mumkin.

Ta’kidlash kerakki, Ucell abonentlari o‘z smartfonlaridagi mobil internet orqali rasmiy saytga kirib, tarmoq qamrovining interfaol xaritalarini tomosha qilganlarida, ularning hisoblaridan trafik sarflanmaydi.

O‘QING: Ucell yangi – «Kayfiyat» tarif rejalari tizimini joriy etdi