Quvvati uzoqqa yetadigan smartfonlar (19 may), ularning yurtimizdagi narxlari

Quvvati uzoqqa yetadigan smartfonlar (19 may), ularning yurtimizdagi narxlari

Taniqli bir qator insayder hamda ekspertalr guruhi ayni paytda yaxshi sotilayotgan mobil aloqa vositalarida o‘rnatilgan "quvvat tosh", ya’ni batareyalarning qanchalik chidamli ekanini o‘rganish maqsadida, tadqiqot o‘tkazdilar.

iPhone 8 Plus modeli mazkur jihatda jahonda tengsiz deb topildi. iPhone 8 Plus – 5,5 dyuymli, Full HD (1920 × 1080, har dyuymda 401 ta belgi) quyuq kristalli displeyga ega bo‘lgan.

Smartfon 2 talqinda sotuvga chiqarilgan -- 64 Gb va 256 Gb doimiy xotira bilan. Uning tezkor xotira sig‘imi 3 Gb. Smartfon kumush, tilla rang va "samoviy kul rang"li korpuslarda ishlab chiqariladi.

AQShda iPhone 8 Plus modelining eng arzoni $799 dollardan sotuvga chiqarilgan. Yurtimizda uni (64 GB, grey, silver, gold) 6 889 000 so‘mdan xarid qilish mumkin.

iPhone 8 Plus "iPhone Plus" turkumi tarixida eng kichi — 2675 mA soat tok sig‘imiga ega bo‘lgan. U to‘liq quvvat bilan 10 soat va 35 daqiqa faoliyat ko‘rsatgan.

LG V30 smartfoni quvvatdorlikda ikkinchi o‘rinni egallagan. U 6 dyuymli, OLED matritsali va QuadHD (2880 x 1440 pikselli) displey bilan ta’minlangan. Bu gal ham koreyalik tomonlar nisbati 18: 9 bo‘lgan FullVision ekranni joriy qilgan. LG V30 displeyida ham Always On (AOD), ya’ni ogohlantirishlar uchun muntazam faol qism tatbiq qilingan.

O‘qing: Ilg‘or LG V30 taqdim qilindi: Note 8'dan 500 dollar arzon

LG V30 akkumulyatori 3300 mA soat tok sig‘imini jam qiladi. Batareyani simsiz quvvatlash mumkin. Smartfonda Bluetooth 5 standarti joriy qilingan. U to‘liq quvvat bilan 9 soat va 34 daqiqa ishlab beradi.

LG V30 yurtimizda o‘rtacha 700 AQSh dollaridan sotilmoqda.

Uchinchi o‘rinda esa Mi Mix 2 flagmani turibdi. Bu flagman smartfon 5,99 dyuymli, 2160×1440 pikselli va tomonlar nisbati 18:9 o‘lchamli displeyga ega bo‘lgan. Gadjetdagi 3 400 mA* soat sig‘imli akkumulyatorni tezkor quvvatlash mumkin. Mazkur smartfonni yurtimizda 400 AQSh dollaridan boshlab xarid qilish mumkin.

Navbatdagi o‘rinlarda Google Pixel 2 XL (8,57 soat), Sony Xperia XZ2 (8,54 soat), One Plus 6T (8,51 soat), Apple iPhone X (8,41 soat), Galaxy S9 Plus (8,5 soat), Xiaomi Mi Mix2S (7,57 soat), Galaxy Note 8 (7,50 soat) kabi flagmanlarni ko‘rish mumkin.

O‘qing: Yilning beqiyos, hamyonga mos smartfoni — Redmi Note 5 Pro!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!