Rekord: WhatsApp auditoriyasi 1,5 milliarddan oshdi

  •   DiMaX
  •  885
  •  02.02.2018 11:05

Rekord: WhatsApp auditoriyasi 1,5 milliarddan oshdi

Facebook ijrochi direktori Mark Sukerberg e’lon qilishicha, bugungi kunda butun dunyoda WhatsApp ilovasidan 1,5 milliard inson foydalanadi. Ular kuniga umumiy miqdorda 60 milliarddan oshiq xabar yuborishadi.

O‘QING: WhatsApp guruhli ovozli va videosuhbatlarni sinovdan o‘tkazmoqda

Bundan atigi yarim yil muqaddam mazkur messenjerning auditoriyasi 1,3 milliard foydalanuvchini tashkil etar, kunlik faol foydalanuvchilar soni esa 1 milliardga yetar edi.

2014 yili – Facebook kompaniyasi WhatsApp’ni 19 milliard dollarga xarid qilgan paytda, messenjerning faol foydalanuvchilari soni oyiga atigi 450 million, kunlik esa 315 million nafarni tashkil etardi.

O‘QING: Rekord: kundalik WhatsApp foydalanuvchilari soni "cho‘qqisi"ga yetdi

Aytish kerakki, Facebook’ning o‘z messenjeri foydalanuvchilari soni 1,3 milliard nafarni tashkil etadi. Sukerberg shuningdek, Instagram va WhatsApp – «Tarix» (Stories)larni almashish bo‘yicha eng ommabop mahsulot ekanini ham ta’kidlagan.

Nihoyat, Facebook endi WhatsApp ilovasidan daromad olish masalasiga jiddiy yondasha boshlaydi. Ma’lumotlarga ko‘ra, buning uchun u mazkur kliyent negizida biznes uchun alohida messenjer ishga tushiradi. Facebook biznes egalaridan turli xizmatlar – mijozlarga xizmat ko‘rsatish yoki reklamalar uchun haq olishni yo‘lga qo‘yadi. Bundan tashqari, yaqin orada WhatsApp to‘lov tizimi ham ishga tushishi aytilmoqda.

O‘QING: Telegram asoschisi: «WhatsApp va Facebook o‘z foydalanuvchilarining ishonchini sotmoqda»

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!