Romsiz Vivo Y81 taqdim etildi: ilk taassurotlar
Vivo kompaniyasi Tayvanda o‘zining Vivo Y81 smartfonini ortiqcha dabdabalarsiz namoyish qildi. Ushbu model o‘rta darajadagi hozir urf bo‘lgan romsiz dizaynda. Ekrani iPhone X’ dagiga o‘xshab qirqmali. Yangi qurilma may oyida taqdim etilgan Vivo Y83’ga o‘xshaydi, biroq parametrlari bo‘yicha yanada oddiyroq.
O‘QING: Dinamiksiz smartfon: u qanday bo‘ladi?
Vivo Y81 6,22-dyuymli displey bilan jihozlanadi, displeyning formati HD+ (1520 x 720 pikseley) hamda tomonlar nisbati 19:9. Kamerasi 13 va 5 Mp. Qurilmaning old kamerasi yuzni tanib blokdan yechadigan funksiyasiga ega. Apparatning yuragini MediaTek Helio P22, 3 GB tezkor xotira va 32 GB ichki xotira tashkil etadi, qolaversa, kengayish imkoniyatiga ega microSD kartali flesh-xotiraga ham ega.
O‘QING: Mi 8 Plus ham taqdim qilindi
Yangi smartfonning akkumulyator sig‘imi 3260 mAch. Apparatning ishlashini FunTouch OS 4.0 qobiqli Android 8.1 Oreo nazorat qiladi. Ayni paytda, Vivo Y81 smartfoni 219 dollarga sotilmoqda.