Romsiz Xiaomi X1 yangi renderlarda ko‘rinish berdi

  •   DiMaX
  •  2576
  •  09.10.2017 16:10

Romsiz Xiaomi X1 yangi renderlarda ko‘rinish berdi

Bir necha oylik jimlikdan so‘ng Xiaomi’ning taqdim etilmagan yangi smartfoni – X1 modeli haqida yana gap-so‘zlar tarqala boshladi. Shuningdek, bu gal internetda uning yangi renderlarda ko‘rindi, deb yozadi 4PDA sayti.

Esingizda bo‘lsa kerak, ushbu kompaniya yangi – Xiaomi X turkumida smartfonlar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishi ham e’lon qilingan edi. Oradan sal vaqt o‘tib, «xitoycha Apple» tayyorlayotgan, kodli nomi Chiron bo‘lgan flagmani ayni shu turkumga mansub bo‘lishi mumkinligi haqida gap-so‘zlar tarqalgan. So‘ng esa, X1 smartfonini Xiaomi yangi – Lanmi brendi ostidagi tayyorlayotgani aytildi. Xiaomi X1 yoki Lanmi X1 smartfonining narxi rasman ma’lum qilinganligi va uning haqiqiy surati tarqalganligidan ham xabaringiz bor.

Uning yangi renderlarini esa quyidagi suratlarda tomosha qiling:

Yangi qurilma o‘rta narx toifasiga mansub romsiz smartfonlar turkumini boshlab berishi kutilayotir. Xiaomi X1’ning tashqi ko‘rinishi xuddi yupqa romli LG flagmanlariga o‘xshab ketadi.

Xabar qilinishicha, Xiaomi X1 modeli tomonlarining o‘zaro nisbati 18:9, sifati 2160x1080 pikselli bo‘lgan 6 dyuymli displeyga ega bo‘ladi. Uning orqa panelidan qo‘sh modulli kamera va barmoq izi skaneri o‘rin oladi.

Xiaomi X1’ning boshqa xususiyatlariga kelsak, protsessori – sakkiz yadroli Snapdragon 660, 6 GB tezkor va 64 yoki 128 GB ichki xotira, 4 150 mA/soatli akkumulyator.

Shunisi ham borki, Xiaomi X1 renderlari – shunchaki ushbu xitoylik brend ishqibozlarining fantaziyasi bo‘lishi ham mumkin. Chunki mazkur model haqida kompaniyaning o‘zi rasmiy ma’lumot bermagan.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!