Roskomnadzor blokladi, Telegram esa yangilandi va hamon ishlayapti!

  •   DiMaX
  •  1747
  •  17.04.2018 15:43

Roskomnadzor blokladi, Telegram esa yangilandi va hamon ishlayapti!

Shu kunlarda ko‘pchilikning e’tiborida bo‘lib kelayotgan mavzulardan biri – Telegram messenjerining bloklanishi, ishlamay qolishi kabilardir. Xabaringiz bor – Rossiya Federatsiyasining Aloqa, axborot texnologiyalari va ommaviy kommunikatsiyalar sohasi nazorati bo‘yicha federal xizmati – Roskomnadzor uni mamlakat hududida bloklashga kirishgan.

Shunga qaramasdan, bu boradagi harakatlar aks ta’sir ko‘rsatmoqda. Roskomnadzor messenjerni bloklash yo‘lida boshqa kanallarni to‘sib qo‘ymoqda va eng qizig‘i – Telegram ishlayapti!

O‘QING: Telegram’ga qarshi behuda jang: Roskomnadzor adashib, Amazon IP-manzillariga kirishni yopib qo‘ydi

Ommabop messenjer nafaqat ishlashda davom etmoqda, balki hatto uning Android uchun ishlab chiqilgan kliyenti 4.8.6 talqinigacha yangilandi ham. Tegishli xabarda aytilishicha, yangi talqinda «ayrim mamlakatlarda» cheklovni aylanib o‘tish uchun bildirishnomalar kelishi yaxshilangan.

Agarda Android-qurilmangizga hali Telegram ilovasini o‘rnatib ulgurmagan bo‘lsangiz, uni mana bu havola orqali yuklab olish imkoni mavjud. Bordiyu allaqachon ishlatayotgan bo‘lsangiz, har ehtimolga qarshi, yangilab qo‘yavering – tez orada uni Google Play hamda App Store do‘konlaridan olib tashlashlari mumkin.

O‘QING: Telegram bloklansa ham iOS yoki Android-smartfondan unga kirish yo‘li bor!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.