Samsung Galaxy J4+ va J6+: bir yo‘la ikkita arzon smartfon

  •   Saroy
  •  4277
  •  19.09.2018 10:40

Samsung Galaxy J4+ va J6+: bir yo‘la ikkita arzon smartfon

Samsung alohida tadbirlarsiz ikkita yangi va arzon smartfonlari  — Galaxy J4+ va J6+ haqida ma’lumot berdi. Shundan ham bilsa bo‘ladiki, kompaniya o‘zining byudjet lineykasidan hali beri voz kechmaydi

O‘QING:RASMAN: Samsung to‘rt modulli bosh kameraga ega smartfon taqdimotiga taklif qilyapti!

Galaxy J4+

Tashqi tomondan smartfonlar odatdagidek ko‘rinadi: Jilosiz korpus va tomonlari nisbati 18:9 bo‘lgan keng o‘lchamli ekran. Ikkala smartfon uchun ham displey diagonali 6-dyuymni tashkil etadi, formati  — HD+. Katta modeli bo‘lmish  J6+ barmoq izlari skaneri bilan maqtanishi mumkin, u qurilmaning o‘ng chekkasida joylashgan. J4+’da esa  skaner umuman bo‘lmaydi.

O‘QING:Samsung hamyonbop Galaxy J smartfonlaridan butunlay voz kechmoqchi!

Galaxy J6+

Galaxy J4+’ning kamerasi  13 Mp bo‘lgan bittalik modulga ega. J6+ esa 13+5 Mp bo‘lgan bir yo‘la ikkita modul bilan ta’minlanadi. Ikkala smartfon ham maksimal chastotasi 1,4 GGs bo‘lgan to‘rt yadroli protsessorga ega bo‘ladi. Tezkor xotira 2 yoki 3 GB bo‘lishi mumkin, albatta modifikatsiyasiga qarab.

Smartfonlarning narxi haqida hozircha hech qanday xabar yo‘q.

 

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.