Samsung Galaxy S9: “kambag‘allar uchun” smartfon

  •   Saroy
  •  4538
  •  04.06.2018 18:38

Samsung Galaxy S9:  “kambag‘allar uchun” smartfon

Samsung Galaxy S9 flagman smartfonining  Plus-versiyasi haddan ortiq qimmat sotilmoqda. Shu bois Xitoy manbalarida Janubiy Koreya korporatsiyasi taklif qilayotgan Galaxy A9 Star va Galaxy A9 Star Lite (ikkalasi ham aslida Galaxy S9 modelini o‘zida ifoda etadi) smartfonlari faqat “kambag‘allar uchun” deyilmoqda.

Ushbu flagmanlarning savdosi yaqinda boshlanadi, lekin aniq sanasi hozircha aytilmayapti, mish-mishlarga qaraganda, iyunning ikkinchi yarmidan boshlab sotila boshlanadi, Mazkur mobil qurilmalar qo‘sh kamera bilan jihozlangan, biroq Galaxy S9’ning haqiqiy byudjet modeli aynan  oddiy A9 Star versiyasi bo‘ladi.

O‘QING: Mi 8 iPhone X va Galaxy S9'ni "yer tishlatdi"!

Ushbu apparat 6,3-dyuymli Super AMOLED-ekrani bilan jihozlangan bo‘lib, uning formati 1080 pikselli (FHD+) ga  2220, 8-yadroli, takt chastotasi 2,0 GGs bo‘lgan Snapdragon 660 protsessoriga ega. Adreno 512 grafikali, ikkita asosiy (24 Mp + 16 Mp) va 24 Mp old kamerasi bor. Shuningdek, akkumulyator sig‘imi 2700 mAch bo‘lib, Fast Charge tez quvvatlantirgichga ega.

Samsung Galaxy S9, – ya’ni  soddalashtirilgan versiyasining   korpusi shishadan, orqa qapqoqda barmoq izlari skaneri joylashgan, operatsion tizimi Android Oreo va boshqa ko‘plab o‘ziga xosliklarga ega.

Apparatni Xitoyda 3699 yuanga xarid qilish mumkin. Albatta bu arzon narx emas, lekin u original modeliga qaraganda ikki barobar arzon, shu bois taklif xaridorlarni qiziqtirib qo‘yishi shubhasiz.

O‘QING: Galaxy S9'ning munosib raqibini qarshi oling

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!