Samsung Galaxy X – smartfon korpusidagi to‘laqonli planshet!

  •   DiMaX
  •  1498
  •  13.10.2018 16:24

Samsung Galaxy X – smartfon korpusidagi to‘laqonli planshet!

Janubiy koreyalik gigantning buklama smartfoni – Galaxy X modeli haqida turli-tuman ma’lumotlar chiqishda davom etmoqda. Kuni kecha, «to‘rtko‘z» kamerali Galaxy A9 taqdimotida ham bu model eslab o‘tildi.

O‘QING: Samsung Galaxy X: koreyaliklar inqilobiy buklama smartfonning taqdimot kuni va hatto narxini ham aytishdi!

Mazkur tadbirda Samsung Electronics mobil qurilmalar bo‘limining bosh direktori Dong-Chjin Kox so‘z yuritgan. Uning aytishicha, Galaxy X taqdimoti butun smartfonsozlikda muhim voqea bo‘ladi.

Kompaniya rahbarining so‘zlariga ko‘ra, Galaxy X modeli yoyilganida to‘laqonli planshet vazifasini bajara oladi. Mazkur yangicha gadjet Samsung Electronics o‘z faoliyatini olib borayotgan barcha mamlakatlar bozorlariga chiqariladi.

Galaxy X buklama smartfoni joriy yilning noyabrida, Samsung tashkillashtirayotgan dasturchilar anjumani doirasida rasman namoyish etiladi. Uning texnik jihatlari, savdoga qachon chiqarilishi va narxi hozircha aniq emas.

Janubiy koreyalik gigantning shu paytgacha bozorga chiqarilgan turli modellardagi smartfonlarini esa Terashop.uz internet-do‘konimizdan qulay narxlarda olish imkoniyati mavjud. Bunda uyingiz yoki ofisingizdan chiqmasdan turib onlayn buyurtma berish, o‘zingizga qulay usulda to‘lov qilish, haqini tovar qo‘lingizga tekkanidan keyin to‘lashingiz mumkinligi kabi imkoniyatlar sizga ham ma’qul kelishiga ishonamiz.

O‘QING: 650 000 so‘mdan boshlangan Samsung smartfonlarini Terashop.uz’dan oling – xaridingiz O‘zbekiston bo‘ylab bepul eltib beriladi! (2018 yil 8 oktyabr)

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!