Samsung ham, Apple ham orqada: Huawei Rossiyada ham liderga aylandi

  •   Saroy
  •  1082
  •  26.10.2018 11:26

Samsung ham, Apple ham orqada: Huawei Rossiyada ham liderga aylandi

Huawei Rossiya smartfonlar bozorida ham oldinga chiqib oldi. Uchinchi  chorakda kompaniyaning smartfonlar bozoridagi ulushi 28, 3 foizni tashkil etdi. Ushbu ma’lumotni «M.Video-Eldorado» va MTS kompaniyalari vakillari ham tasdiqlashdi.

Shundan kelib chiqib aytish mumkinki, hozirda qariyb har uchta qurilmaning bittasi  Huawei yoki Honor bo‘lib chiqadi. Sotilgan smartfonlar miqdori bo‘yicha ikkinchi o‘rin Samsung kompaniyasiga tegishli bo‘ldi. Ushbu kompaniyaning rus bozoridagi ulushi  24,8 foizni tashkil etgan. Uchinchi o‘rin 11,7 foizlik ulush bilan Apple’ga berildi.

O‘QING: Honor Magic 2 «jonli» video suratlarda: xuddi Huawei P20 Pro kabi, faqat slayderli flagman!

Daromad olish bo‘yicha esa, manzara butunlay boshqacha, ya’ni aynan teskari vaziyatni ko‘rishingiz mumkin. Bu borada eng ko‘p daromadni Apple ishlab topgan, undan keyingi o‘rinlarni Samsung va Huawei  egallashdi. Choraklik natijalariga ko‘ra, xarid qilingan smartfonlarning narxi o‘rtacha  15 ming rublni tashkil etgan. Bir yil davomida ushbu ko‘rsatkich qariyb 20 foizga oshibdi. Shunga qo‘shimcha ravishda, narxi 5 ming rublgacha bo‘lgan smartfonlar sotuvi ham sezilarli ravishda  pasaygan. Bu shundan dalolat beradiki, rossiyaliklar asta-sekin yanada qimmatroq smartfonlarni tuta boshlagan.

O‘QING: Huawei eng yangi - Mate 20 va Mate 20 Pro smartfonlari taqdimotini o‘tkazdi

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!